Mackenzie Bent | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Kanada |
Tavalludi |
11-iyun 1997-yil Port Perry, Ontario |
Boʻyi | 1.62 m (5 ft 4 in) |
Sherigi | Dmitre Razgulajevs |
Oldingi sheriklari | Garrett MacKeen |
Jamoasi |
Uxbridge FSC Scarborough FSC |
Uchishni boshlagan | 2000 |
Erkin raqs | 78.39 |
Mackenzie Bent (talaffuzi: Makkenzi Bent; 1997-yil 11-iyunda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosi. Sherigi Dmitre Razgulajevs bilan birga 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempioni boʻlgan. Sobiq sherigi Garrett MacKeen bilan birga 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempioni boʻlgan va ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan.
Bent / MacKeen juftligi 2011-yil yanvar oyida Kanada chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida debyut qilib, oʻsha yilning sentyabr oyida Ruminiyaning Brasov shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan. JuftlikTallindagi (Estoniya) ikkinchi JGP bosqichida beshinchi oʻrinni egallagan va 2012-yilgi Kanada chempionatida oʻsmirlar darajasida toʻrtinchi oʻrindan joy olgan[1].
Bent / MacKeen juftligi 2012 — 2013-yillarda Avstriyaning Lints shahrida boʻlib oʻtgan JGP bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritib, Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkazilgan huddi shu musobaqada toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatining kumush medali sovrindorlari boʻlib, shu yili Italiyaning Milan shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada terma jamoasi safiga qoʻshilgan va musobaqada ishtirok etgan[2].
2014 — 2015-yilgi mavsumda Bent / MacKeen juftligi Chexiyaning Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida oltin va Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtgan turnirda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik ushbu natijalari orqali 2014 — 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻlgan Barselonada boʻlib oʻtgan finalda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Oʻsmirlar oʻrtasidagi chempionlikni qoʻlga kiritgan juflik, 2015-yilgi Kanada chempionatida kattalar darajasida ishtirok etishlari kerak boʻlgan. Ular musobaqada oltinchi oʻrinni egallagan va uchi marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun yana Tallinga yuborilgan[3].
Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2014 — 15 |
|
|
2013 — 14 |
|
|
2012 — 13 |
|
|
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalqaro | |||||
---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 |
Jahon chempionati | 5 | 12 | 5 | ||
JGP finali | 4 | ||||
JGP Avstriya | 3 | ||||
JGP Xorvatiya | 4 | ||||
JGP Chexiya Respublikasi | 1 | ||||
JGP Estoniya | 5 | 2 | |||
JGP Latviya | 1 | ||||
JGP Ruminiya | 3 | ||||
JGP Slovakiya | 6 | ||||
Milliy | |||||
Kanada chempionati | 3-n | 4-J | 2-J | 1-J | 6 |
N = yangi konkida uchuvchi; J = oʻsmirlar |