Magdalena Lamparska | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
6-yanvar 1988-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2007–hozirgi kungacha |
Veb-sayt | magdalenalamparska.com |
Magdalena Lamparska (1988-yil 6-yanvarda tugʻilgan) – polshalik kino va teatr aktrisasi. 2011-yilda Lamparska Varshavadagi Aleksandr Zelverovich davlat teatr akademiyasini tamomlagan.
Lamparska Polshada 2008—2009-yillarda namoyish etilgan „39 i pół“ teleserialidagi Marta roli orqali mashhurlikka erishgan[1][2]. 2020-yilda Netflix tomonidan taqdim etilgan „365 dni“ filmida rol oʻynagan. 2021-yilda esa u filmning davomi sifatida suratga olinayotgan „365 dni: Ten dzień“ va „Kolejne 365 dni“ filmlarida ham suratga tushishi eʼlon qilingan[3].