Malik Badriy | |
---|---|
مالك بابكر بدري محمد | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1932 Rufaa, Sudan |
Vafoti | (aged 88) |
Alma mater |
American University of Beirut University of Leicester University College London |
Kasbi | Yozuvchi, Psixolog |
Malik Babikr Badriy Muhammad (arabcha: مالك بابكر بدري محمد) (1932-yil 16-fevral[1] – 2021-yil 8-fevral[2]) – sudanlik yozuvchi va psixologiya fanlari professori. U zamonaviy islom psixologiyasining asoschisi boʻlgan va „Musulmon psixologlarining dilemmasi“ va boshqa koʻplab nufuzli kitoblarni nashr etgan[3]. Uni baʼzan mehr bilan Bobo Malik deb atashardi[4]. U 2021-yil 8-fevralda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida vafot etgan[5]. U Ahfad universitetini tashkil etgan Babikr Bedrining oʻgʻli boʻlgan[4]. U oilali boʻlib, uning 7 nafar farzandi bor edi[6].
U 1932-yilda Sudanning Rufaa shahrida tugʻilgan. U 1956-yilda Bayrutdagi Amerika universitetida umumiy fanlar boʻyicha kollej darajasini oldi va 1958-yilda Psixologiya va taʼlim boʻyicha magistrlik darajasini oldi. U 1961-yilda Lester universitetida „Diagrammalardan konsepsiyani shakllantirish“ yoʻnalishi boʻyicha doktorlik darajasini oldi. 1966-yilda London Universitet kollejida Midlseks kasalxonasi tibbiyot fakultetining psixiatriya boʻlimida doktorlik darajasini oldi. U 1977-yilda Britaniya Psixologiya Jamiyatining aʼzosi etib saylangan va u yerdan „Chartered Psychologist“ (ishonchli psixolog) unvoniga sazovor boʻlgan. Uning hissasi uchun u 2003-yil aprel oyida Sudan Prezidenti tomonidan Shohid Zubayr medali bilan taqdirlangan, bu akademik yutuqlar uchun eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi[7][3].
U bir qancha universitetlarga dekan va professor etib tayinlangan, masalan , Juba universiteti, Xartum universiteti taʼlim fakulteti dekani va Xalqaro islom universitetida Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi boʻlimi dekani va hokazo. U bir qancha taʼlim va psixologiya boʻlimlarining asoschisi boʻlgan, masalan, Xartum universitetining amaliy psixologiya boʻlimi va Imom Muhammad ibn Saud Islom universitetida tashkil etilgan. U 1971-yilda Ar-Riyod universitetining Psixologik klinikasiga asos solgan. U Afrika va Osiyodagi bir qancha kasalxonalarda klinik psixolog sifatida xizmat qilgan. U psixologiya boʻyicha koʻp asarlar yozgan. Kitoblari islom va arab dunyosi tillariga, shuningdek, rus tiliga tarjima qilingan[7].
2020-yilda u Sudan Axborot vazirligi tomonidan psixologiya boʻyicha olib borgan tadqiqoti uchun „Yil odami“ deb tan olingan[8].
U YUNESKO tomonidan Bahir Dar boʻyicha mutaxassis etib saylangan. U bir necha marta qisqa muddatga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan anʼanaviy tibbiyot amaliyoti qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan[9]. U Ahfad universitetining psixologiya kafedrasida klinik psixologiya kafedrasining taniqli professori boʻlgan. Shu universitetning faxriy fan doktori unvoni berilgan. U, shuningdek, Malayziya Xalqaro Islom Universitetining Islomiy nozil bilimlar va inson fanlari fakultetining Ibn Xaldun kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan edi[7].
U 2017-yilda „Islomning salomatlik va inson tushunchasini rivojlantirishdagi rolini kengaytirish hamda islom psixologiyasini insonni tushunishning nazariy yoʻnalishi va klinik psixologiyaga yondashuvlar sifatida eʼtirof etilishini oshirish“ maqsadida 2017-yilda Xalqaro Islom Psixologiyasi Assotsiatsiyasini (IAIP) asos solgan[10][11]. U 2017 yilda Istanbul Sabahattin Zaim universitetida psixologiya professori sifatida ish boshlagan[12].
U 2021-yil 8-fevralda 88 yoshida, 89 yoshga toʻlishidan sakkiz kun oldin Malayziyada davolanish paytida vafotidan oldin Istanbul Sabahattin Zaim universitetida psixologiya professori, shuningdek, Xalqaro ochiq universitetda mehmon oʻqituvchisi boʻlgan[13][14][15].
Klinik, Islom, Ijtimoiy Psixologiya; Kognitiv xulq-atvor terapiyasi; Islomshunoslik
Kitoblari [16]
<ref>
tag; name ":1" defined multiple times with different content