![]() Mandy 2023-yilda | |||
Shahar moychilari | |||
---|---|---|---|
Pozitsiyasi | Bosh murabbiy | ||
Liga |
UNBL BAL | ||
Shaxsiy maʼlumot | |||
Tavalludi |
Andoza:Tug'ilgan sana va yosh Kampala, Uganda | ||
Millati | Uganda | ||
Boʻyi | 1.69 m (5 ft 7 in) | ||
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar | |||
Oʻyindagi faoliyati | 2003—2007 | ||
Pozitsiyasi | nuqta himoyachisi | ||
Murabbiylik faoliyati | 1994—hozirgacha | ||
|
Mandy Lutvama Juruni – Ugandalik professional basketbolchi hamda basketbol murabbiysi hisoblanadi. Mandy Juruni 2012-yildan beri City Oilers terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi[1].
Mandy Juruni Ugandaning basketbol boʻyicha milliy terma jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan („Silverbacks“ laqabli), hamda u ikki marta toʻgʻridan-toʻgʻri AfroBasket, Basketbol boʻyicha rasmiy Afrika chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan[2].
Oʻzining basketbolchilik faoliyati davomida Juruni posbon sifatida oʻynagan hamda 2003-yildan 2007-yilgacha Charging Rhinos terma jamoasi tarkibida oʻynagan[3][4].
Mandy Juruni milliy ikkinchi divizionda oʻynagan „Siti Oilers“ ga murabbiylik qila boshlagan[5]. U oʻsha paytda faoliyatinioʻyinchi-murabbiy sifatida boshlagan. Keyinroq murabbiylik vazifalarini bajarishga kirishgan. 2012-yilda Mandy Juruni Kyambogo Warriors tomonidan ham ijaraga olingan boʻlib, u yuqori darajadagi UNBL chempionatiga rahbarlik qilgan.
Mandy Juruni Oilersni sakkizta UNBL chempionatiga va bitta BAL saralashiga olib kelgan. Oilers 2023-yilgi BAL mavsumida Nil konferensiyasida oʻynagaan hamda 1-4 rekordidan keyin oltinchi oʻrinni egallagan. Ular 3-may kuni Ferroviario da Beyraga qarshi oʻzlarining ilk BAL oʻyinida gʻalaba qozonishgan.