Marcel Adams | |
---|---|
Tavalludi |
2-avgust, 1920-yil |
Vafoti |
11-avgust 2020-yil (100 yoshda) |
Fuqaroligi | Ruminiya, Isroil va Kanada |
Turmush oʻrtogʻi | Annie Adams |
Bolalari | Julian, Sylvan, Linda va Leora |
Marcel Adams (1920-yil 2-avgust — 2020-yil 11-avgust) — kanadalik koʻchmas mulk investori, milliarder[1][2].
Marcel Abramovich (keyinchalik Adams) 1920-yilda Ruminiyaning yahudiy oilalaridan birida tavallud topgan[1]. Otasi koʻnchi boʻlgan[3]. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlarning mehnat lagerlarida ishlashga majbur boʻlgan (1941—1944)[4]. Avval Turkiyada, keyin esa Falastinda Isroil mustaqilligi uchun kurashgan[3]. 1951-yilda Kanadaga koʻchib kelgan va Quebec shahridagi koʻnchilik zavodida ishlagan. 1955-yilda binolar barpo qilishni boshlagan va birinchi qurilishdayoq 70% foyda koʻrgan. Shundan keyin koʻchmas mulkka sarmoya kirita boshlagan[3]. 1958-yilda Iberville Developments kompaniyasiga asos solgan va 1959-yilda oʻzining birinchi savdo markazini ochgan. Adams nafaqaga chiqqandan keyin, oʻgʻli Sylvan Adams kompaniyani 25 yil davomida boshqargan[5]. Meros uning oʻgʻli Joshga oʻtgan[1][6]. 2017-yil holatiga koʻra, Iberville sakkiz million kvadrat futdan iborat yuzdan ortiq mulkga egalik qiladi va boshqaradi[1].
Marcel Adams 1953-yilda Annie Adamsga uylangan. Toʻrtta farzandi boʻlgan: Julian, Sylvan, Linda va Leora. Oʻgʻli Julian — biokimyogar. Linda — advokat, Leora esa hamshira[3]. Annie 1997-yil noyabr oyida olamdan oʻtgan[7]. Marcel 2020-yil 11-avgustda avgustda vafot etgan[8].