Marika Aba (1929-yil 12-noyabr, Budapesht, Vengriya — 1972-yil 12-noyabr) amerikalik raqqosa va jurnalist.
Abaning otasi Marika Volf muhandis boʻlib, Turkiyada ishlagan vaqtida Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bialn gʻoyib boʻlgan. Urushdan keyin, Sovet Ittifoqi Vengriyani bosib olganida, Marika onasi Georgina Maros bilan tunda daryodan suzib oʻtib Avstriyaga qochib ketgan. Avstriyada esa balerina sifatida taʼlim olgan. Aba 1951-yilda Rimda balerina sifatioda „Quo Vadis“ filmida „Neron ziyofatidagi ossuriyalik raqqosa“ rolini oʻynagan[1]. Bu roldan keyin u onasi bilan Kaliforniya shtatidagi Sherman Oaksga koʻchib oʻtgan.
1952-yilda Aba gulchi qiz sifatida MGMning „Love to Look At “ musiqiy filmida rol ijro etgan. 1961-yilda esa Groucho Marx boshlovchi boʻlgan "You Bet Your Life" televiktorinasida ishtirokchi boʻlgan[2][3].
Qisqa kino faoliyatidandan soʻng Aba Los Angeles Timesda sanʼat toʻgʻrisida maqolalar yoza boshladfi[4]. Soʻng Italiyaga qaytib keldi va oʻz eʼtiborini Italiya kino sanoatiga qaratdi. Kino tanqidchisi Charles Champlin Marika maqolalarining „joʻshqinligi va teranligi“ haqida alohida taʼkidlagan[5].
Oʻlimi vaqtida Aba Verona Filmning reklama direktori boʻlgan. Paramount Pictures va Cinema International korporatsiyasining ishlab chiqarish va reklama aloqasi boʻyicha ishlagan. U Fransiyaning Parij shahrida 43 yoshga toʻlgan kuni uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etadi. Uning dafn marosimi Rimda boʻlgan[6].
Aba Norman Natan Semlerning ikkinchi xotini edi[7]. Er-xotinning Gari ismli bir oʻgʻil farzandi bor edi. Marika eri bilan ajrashgandan soʻng Kaliforniyada onasi va oʻgʻli bilan birga yashagan[5].
Yil | Sarlavha | Rol |
---|---|---|
1951-yil | Quo Vadis | Neron ziyofatida ossuriyalik raqqosa |
1952-yil | Lovely to Look At | Gulchi qiz |