Marokash uslubi — bu bezakdagi yangi tendentsiya boʻlib, uning ildizlari Moorish arxitekturasi va Marokash arxitekturasidan kelib chiqadi, u Marokashdagi riyozlarni taʼmirlash modasi bilan mashhur boʻldi. U Buyuk Britaniya va AQShning baʼzi doiralarida mashhur boʻlib bormoqda. Umuman olganda bu uslub Marokashning milliy qadriyatlari meʼmorchilik elementlarini birlashtirish orqali yuzaga kelgan.
Boho-chic Marokash uslubi soʻnggi oʻn yilliklarda koʻplab mashhurlar Yves Saint Laurent[1] va Uill Smit kabi meʼmorlar bu uslubni qabul qilishlari bilan mashhur boʻldi[2].
Marokash uslubiga anʼanaviy Marokash chiroqlari, Berber gilamlari, Marokash plitkalari (Zellij) va Marokash naqshlari va sanʼatini qoʻshish orqali erishish mumkin[3].
Marokash uslubi Qadimgi Sharq meʼmorchilik sanʼati namunalari ostida yuzaga keldi. Ayniqsa islom arxitekturasi sanʼat namunalaridan ilhomlaanib yaratildi. Islom xalifaligi davrida Suriya, Misr, Iroq, Tunis, Jazoir kabi hududlarda naqshinkor bezaklar va meʼmoriy elementlar bir-biridan namuna olgan holatda yuzaga keldi. Marokash uslubi asosan naqsh bezaklari bilan ajralib turadi. Hamda ayvonlarni bezashda ana shunday bezakdor naqshlardan foydaniladi. Bu uslubda asosiy ranglar qizil, oq, sariq ranglar boʻlib bu hududning tabiiy iqlimi natijasida yuzaga kelgan. Binolarda qoʻllaniladigan ustunlar asosan oq ranglarda va anʼanaviy tarzda koshinlar va zellijlar bilan bezatiladi. Marokash uslubini maroqand uslubi deb ham atashadi. Bu uslubda murakkab elementlar faqat buni ichida koʻproq ishlatiladi tashqi ekstreyrda esa sodda bezaklar va elementlar tuzilmasidan foydalaniladi. Uslubdan foydalanishda yaʼna bir muhim jihat bu yorugʻlik bilan mutanosib ravishda ishlash hisoblanadi.