Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marsel Idiatullin | ||
Tavallud sanasi | 28-dekabr 1977-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston.SSR | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001—2003 | Qizilqum | 59 | (47) |
2004—2009 | Lokomotiv | 128 | (42) |
2009 | Soʻgʻdiyona | 10 | (-) |
2010—2011 | Doʻrmon-Sport | - | |
Milliy terma jamoa | |||
2001—2005 | Oʻzbekiston | 7 | (2) |
Boshqargan klublari | |||
Lokomotiv Akademiya murabbiyi | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Marsel Idiatullin (1977-yil 28-dekabrda tugʻilgan) – nafaqadagi Oʻzbekistonlik professional futbolchisi va Toshkentning „Lokomotiv“ akademiyasi murabbiyi.
2002-2003 yillarda „Qizilqum“ safida toʻp surgan, 59 ta oʻyin oʻtkazib, 47 ta gol urgan. 2004-2009 yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻynagan (128 oʻyin va 42 gol). 2009-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasida qisqa muddat (10 ta oʻyin) oʻynagan.
2002-2003 yillarda Idiatullin „Qizilqum Zarafshon“ jamoasida oʻynagan[1]. „Qizilqum“ 2002-yilgi mavsumni uchinchi oʻrinda yakunlagan va Idiatullin klub uchun 21 ta gol urgan. 2003-yilgi mavsumda 26 ta gol urib, Oʻzbekiston oliy ligasi toʻpurari boʻldi.
U 2004-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga kelib qoʻshilgan va 5 mavsum oʻynagan. Hozirda u 42 ta gol bilan „Lokomotiv“ning eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchisi va toʻpurari hisoblanadi[2][3][4].
U Gennadiy Krasnitskiy nomidagi oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi boʻlib, 101 ta gol (89 tasi Oʻzbekiston ligasida, 12 tasi Kubok bahslarida).[5]
2009-yilning avgust oyida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasini tark etib, „Soʻgʻdiyona“ga koʻchib oʻtdi.[6]
2010-yilgi mavsumda u Birinchi ligada Doʻrmon-Sport jamoasida oʻynagan.