Marta Ehrlich

Marta Ehrlich
Tavalludi 27-aprel 1910-yil
Vafoti 15-mart 1980-yil(1980-03-15)
(69 yoshda)
Zagreb, SFR Yugoslaviya
Fuqaroligi Kingdom of Hungary, Kingdom of Serbs, Croats and Slovenes, Yugoslaviya qirolligi, Independent State of Croatia va Socialist Federal Republic of Yugoslavia
Taʼlimi Zagreb universitetining Tasviriy sanʼat akademiyasi
Kasbi rassom
Turmush oʻrtogʻi Kamilo Tompa

Marta Ehrlich (1910-yil 27-aprel, Zagreb – 1980-yil 15-mart) xorvatiyalik ayol rassom.

Marta Ehrlich 1910-yil 27-aprelda Xorvatiyaning poytaxti Zagreb shahrida tugʻilgan. U Ernest va Erna Laura Ehrlichlarning farzandi boʻlib, badavlat yahudiy oilasida oʻsgan[1]. Uning otasi qurilish pudratchisi, onasi esa maktab oʻqituvchisi edi. Ehrlichlar Zagrebning taniqli oilalaridan biri boʻlgan, uning amakisi arxitektor Hugo Ehrlich va xolasi rassom va Xolokostdan omon qolgan Mira Klobučar edi. Ikkinchi jahon urushidan oldin Marta Ehrlich ota-onasi va ikki ukasi bilan amakisi Hugo Ehrlich tomonidan bunyod etilgan Tuškanacdagi villada yashagan. U Zagrebdagi boshlangʻich va oʻrta maktablarda taʼlim olgan. Marta Ehrlich 1934-yilda Zagreb universitetining Tasviriy sanʼat akademiyasini tamomlagan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Ehrlich 1935-yilda Parijga joʻnab ketgan va u yerda turli xil rasm chizish usullari boʻyicha mahoratini oshira boshlagan. U Parijda uch yil davomida ijod qilgan, keyin Zagrebga, oilasi oldiga qaytib kelgan. Zagrebga qaytgach, Marta Ehrlich Vladimir Bechichdan individual tarzda saboq olgan. Ehrlichning dastlabki faoliyati Bechichning taʼsiri bilan ajralib turardi. Oʻz faoliyati davomida Marta Ehrlich Xorvatiya tasviriy sanʼatining bebaho qismini tashkil etuvchi ajoyib 227 ta rasmni yaratgan. Ehrlich rassom Kamilo Tompaga turmushga chiqqan, u bilan Shubicheva koʻchasidagi uyda yashab, oʻsha yerda ishlagan. U oʻz joniga qasd qilishdan ikki yil oldin, 1978-yilgacha rasm chizgan[2][3][4][5].

Marta Ehrlich 1980-yil 15-martda oʻz joniga qasd qilgan. Mirogoj qabristoniga Marta Tompa ism-sharifi bilan dafn etilgan[6].

  1. Snješka Knežević (2011)
  2. Kiš, Patricia. „PONOVNO OTKRIVENA Slikarica Marta Ehrlich: Ljepotica koja nije bila rob konvencija“ (hr). Jutarnji list (2012-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  3. Kć., D.. „Retrospektivna izložba slikarice Marte Ehrlich“ (hr). Glas Slavonije (2012-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  4. Dugandžija, Mirjana. „Ukleta slikarica“ (hr). Globus (2012-yil 19-dekabr). 2014-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-oktyabr.
  5. „Marta Ehrlich biografija“ (hr). Moderna galerija. 2012-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  6. (xorvatcha) Gradska groblja Zagreb: Marta Tompa, Mirogoj EVG-1-II/I-30
  • Snješka Knežević, Aleksander Laslo. Židovski Zagreb. Zagreb: AGM, Židovska općina Zagreb, 2011. ISBN 978-953-174-393-8.