Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 10-fevral 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Valdagno, Italy[1] | ||
Boʻyi | 1.90m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | AGMK | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Ponte dei Nori | |||
-2016 | Solesinese | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016 | Kitzbühel | 14 | (4) |
2016—2017 | Hohenems | 28 | (9) |
2017—2019 | Kitzbühel | 58 | (29) |
2019—2020 | Jeunesse Esch | 16 | (8) |
2020—2021 | Slaven Belupo | 10 | (1) |
2021 | Andijon | 12 | (2) |
2021-2023 | AGMK | 39 | (16) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15-noyabr 2022-yil (utc) uchun) |
Martin Boakye (1995-yil 10-fevralda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi, Xitoy ligasi klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[2].
Boakye 2016-yilda Avstriyaning "Kitsbyuhel" mintaqaviy ligasiga qoʻshilishdan oldin oʻz vatani Italiyada USD Ponte dei Nori va UCD Solesinese jamoalarida oʻynagan. Avstriyada uch yil oʻtgach, u Lyuksemburg milliy divizioni Jeunesse Eschga qoʻshildi.[3] 2020-yil 9-avgust kuni Boakye Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasi vakili Slaven Belupo bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.[4] Bir hafta oʻtgach, u professional ligadagi debyutini oʻtkazdi va Osijek bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi.[5] 2021-yil 4-yanvarda Boakye Slaven Belupo bilan oʻzaro shartnomani bekor qildi.[6] 2021-yilgi mavsum boshida Oʻzbekiston Superligasi vakili „Andijon“ klubidan tushgan taklif tufayli Oʻzbekiston ligasiga koʻchib oʻtadi. 2021-yil yozgi transfer oynasi vaqtida „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzolaydi.
2024-yil fevral oyida Olmaliq jamoasini tark etdi va Xitoy jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Boakye asli ganalik va uch farzandning ikkinchisi, uning katta va kichik singlisi bor. Boakye 2015-yildan beri bolalik sevgisi bilan munosabatda boʻlganini xabar qiladi.