Mary Abbott | |
Tavalludi | 21-iyul 1921-yil Nyu-York |
Vafoti | 23-avgust 2019-yil (98 yoshda) Westhampton Beach |
Millati | ingliz |
Oqim | Abstrakt ekspressionizm |
Mary Lee Abbott (1921-yil 27-iyul – 2019-yil 23-avgust) – amerikalik rassom, 1940-yillarning oxiri va 1950-yillarda Nyu-York abstrakt ekspressionistlar maktabining aʼzosi sifatida tanilgan[1]. Uning mavhum va majoziy xarakterdagi asarlariga 1950-yillar davomida Santa-Krus va Gaitiga qilgan sayohati taʼsir qilgan[2].
Abbott Nyu-York shahrida tugʻilgan va u yerda Chapin maktabida oʻqigan[3]. Uning oilasi kelib chiqishi Amerika Qo'shma Shtatlarining ikkinchi prezidenti John Adamsga borib taqaladi. Uning onasi Elizabeth Grinnell shoira va sharhlovchi edi[4]. Uning oilasi yozda Nyu -Yorkdagi Long-aylendda, Sautgemptonda vaqt oʻtkazishardi[5].
U Nyu-Yorkdagi Sanʼat talabalari ligasida rassom George Groszning shogirdi edi[6]. Rassomning mavzulari eksperimental boʻlib Barnett Newman, Mark Rothko va David Hare bilan birgalikda ishlagan. Keyinchalik Abbott 1930-yillarning oxirida Vashingtondagi Korkoran muzey maktabida (hozirgi Korkoran sanʼat va dizayn maktabi deb nomlanadi) tahsil oldi.
U 1943-yildan 1946-yilgacha rassom Lewis Teague bilan qisqa muddat birga bir oila boʻlib yashagan. Lewis Teague ajralganidan koʻp oʻtmay u biznesmen Tom Clyde bilan oila qurdi. Clyde va Abbott qish vaqtini Santa-Krus va Gaitida oʻtkazardi. Bu yerda u oʻzining rasmlari uchun ilhom manbasi boʻlgan odamlar va landshaftlarni kashf qiladi.
Ikkinchi jahon urushidan soʻng, Abbott sanʼat bilan jiddiy shugʻullana boshladi va u Manxettenda yashovchi bir guruh rassomlar jamoasi boʻlgan „Downtown Group“ ga qoʻshildi. 1946-yilda u Manxetten koʻchalaridan birida badiiy studiya ochdi[7].
1950-yillarda Abbott oʻzi va Nyu-York maktabining birinchi avlod shoirasi Barbara Guest bilan hamkorlik loyihasini boshladi.
2016-yilda uning ishi Denver sanʼat muzeyi tomonidan tashkil etilgan „Abstrakt ekspressionizm ayollari“ koʻrgazmasiga kiritilgan[8].
U 2019-yil 23-avgust kuni 98 yoshida yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.
2023-yilda uning ishi Londondagi Whitechapel galereyasida Action, Gesture, Paint: Women Artists and Global Abstraction 1940-1970 koʻrgazmasiga kiritilgan[9].