Max Settlage | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Max Frederick Settlage |
Davlat | AQSh |
Tavalludi |
1-iyul 1992-yil Thừa Thiên–Huế provinsiyasi, Vetnam |
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in) |
Oldingi sheriklari | Winter Deardorff, Madeline Aaron, Caitlin Fields |
Oldingi murabbiylari | Dalilah Sappenfield, Larry Ibarra, Eddie Shipstad, Damon Allen, Janet Champion, Elena Dostatni |
Oldingi xoreograflari | Julie Marcotte, Catarina Lindgren |
Jamoasi | Broadmoor SC |
Uchishni boshlagan | 2002 |
Yakunlagan | 13-fevral, 2019 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur |
58.41 2014 Skate America |
Erkin dastur |
108.71 2014 Skate Canada International |
Max Settlage (talaffuzi: Maks Setlaj; 1992-yil 1-iyulda tugʻilgan) — amerikalik sobiq figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Madlen Aaron bilan birga 2014 CS US Classic turnirining bronza medali sovrindori, ikki karra AQSh milliy chempionatining qalay medali sovrindori (2015 — 2016) va 2014-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh milliy chempioni boʻlgan.
Settlage 2010-yilning may oyida murabbiy Dalilah Sappenfild taklifi bilan Madlen Aaron bilan juftlik hosil qilgan. Bu juftlik Arizonadan Koloradoga mashgʻulotlar uchun koʻchib oʻtgan.
Aaron / Settlage juftligi 2011-yilda ISU Junior Gran-pri musobaqasida qatnasha boshlagan. Ular ikkita medalini qoʻlga kiritganlar (2012-yilda Lake Placidda oʻtkazilgan turnirda bronza va 2013-yilda Belarusda oʻtkazilgan turnirda kumush). 2014-yil yanvar oyida juftlik oʻsmirlar oʻrtasida AQSh milliy chempionligini qoʻlga kiritgach, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yuborilgan va u yerda juftlik beshinchi oʻrindan joy olgan. Aaron / Settlage juftligi 2014 — 2015-yilgi mavsumda yuqori darajaga koʻtarilgan. Chjan / Bartolomay juftligi jamoadan chiqib ketganidan keyin Aaron / Settlage juftligi 2014 Skate Canada International turniriga tayinlangan[1]. Ular 2015 yilgi AQSh chempionatida toʻrtinchi oʻrin uchun kalay medali bilan taqdirlanganlar.
2015-yil avgust oyida Settlage belining pastki qismidan jarohat olganidan so‘ng, juftlik taxminan uch oylik mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan. Aaron yozda burilishli elementni bajarayotganida yiqilib tushib, miya chayqalishini boshdan kechirgan. Bu juftlik Gran-pri musobaqasi oʻrtasida oʻtkazilgan, 2015 Cup of China turnirini tark etishga qaror qilgan va 2015 CS Tallinn Trophy musobaqasi boshlanganida qaytgan hamda u yerda beshinchi o‘rinni egallagan. 2016-yilgi AQSh chempionatida juftlik ketma-ket ikki yil kalay medalini qoʻlga kiritgan[2].
(Aaron bilan)
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2015-2016 |
|
|
2014-2015 |
|
|
2013-2014 |
|
|
2012-2013 |
|
|
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalqaro | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 10-11 | 11-12 | 12-13 | 13-14 | 14-15 | 15-16 | 16-17 |
GP Cup of China | 4ㅤ | WD | |||||
GP Skate America | 5ㅤ | WD | |||||
GP Skate Canada | 4ㅤ | ||||||
CS Nebelhorn | 6ㅤ | ||||||
CS Tallinn Trophy | 5ㅤ | ||||||
CS U. S. Classic | 3ㅤ | ||||||
Xalqaro: oʻsmirlar | |||||||
Jahon chemp. | 5ㅤ | ||||||
JGP Belarusiya | 2 | ||||||
JGP Croatia | 7ㅤ | ||||||
JGP Estoniya | 4ㅤ | ||||||
JGP Polsha | 5ㅤ | ||||||
JGP AQSh | 3ㅤ | ||||||
Milliy | |||||||
AQSh chemp. | 1ㅤ N | 6ㅤ J | 3ㅤ J | 1ㅤ J | 4ㅤ | 4ㅤ | |
Darajalar: N = kattalar ; J = oʻsmirlar . WD = tanlovni tark etgan |