Mei Ting | |
---|---|
Tavalludi |
30-aprel 1975-yil Jiangsu, Xitoy |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1994-hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Yan Po (2001-2007) Zeng Jian (2012-hozirgi kungacha) |
Mei Ting (xitoycha: 梅婷; 1975-yil 30-aprel) — xitoylik aktrisa[1]. U yigirma ikkinchi Cairo International Film Festival kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotini hamda „A Time to Remember“ filmidagi ijrosi uchun beshinchi Huabiao Awards mukofotini qoʻlga kiritgan.
Mei Ting 1980-yilda, 7 yoshida oʻzi tugʻilgan Nan Jing shahridagi mashhur badiiy va ijro guruhi va iqtidorli bolalar maktabiga oʻqishga kirdi. 9 yoshida u „The Moon in Moon Festival“ filmida rol oʻynadi. 13 yoshida oʻz faoliyatini „Song & Dance Troupe of Frontier Line“ guruhida raqqosa sifatida davom ettirdi. 1994-yilda, 19 yoshida u „Red Cherry“ teleserialida bosh rolni oʻynashga taklif qilindi.
1996-yilda Mei Ting Pekindagi nufuzli Markaziy Drama Akademiyasining aktyorlik yoʻnalishiga qabul qilindi. Uning sinfdoshlari orasida Chjan Ziyi, Qin Xaylu, Yuan Quan va Xu Jing bor edi. Ular „1996-yilgi sinfning beshta oltin guli“ deb nomlangan. Kollej yillarida u allaqachon bir qator teleseriallarda rol oʻynashga taklif qilingan. Oʻqishga kirganidan ikkinchi yil oʻtib, u oʻzini bir qator teleseriallarda belgilangan rollarga toʻliq bagʻishlash uchun kollejdagi oʻqishini toʻxtatish toʻgʻrisida qiyin qaror qabul qildi[2].
1997-yilda u „A Time to Remember“ filmida Qiu Qiu rolini oʻynadi. U yigirma ikkinchi Cairo International Film Festival festivalida va Huabiao Awards mukofotlarida ushbu filmdagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotiga sazovor boʻldi. Mehnatsevar va samarali aktrisa sifatida Mei Ting 1997-yildan 2001-yilgacha 10 dan ortiq film va seriallarda rol oʻynagan.
Mei Ting 2001-yildan 2007-yilgacha rejissyor Yan Po bilan turmush qurgan.
2012-yilda esa u kinomatograf Zeng Jianga turmushga chiqdi va hozirda ularning ikki nafar farzandi bor[3].
Yil | Film (inglizcha nomi) | Film (xitoycha nomi) | Rol | Manba |
---|---|---|---|---|
1997-yil | A Time to Remember | 红色恋人 | Qiu Qiu | [4] |
1999-yil | Dragon Boat Regatta | 赛龙夺锦 | Zhen Zhen | [5] |
2002-yil | Dazzling | 花眼 | Xin Moli | [6] |
2006-yil | Aspirin | 阿司匹林 | Wen Jing |
|
2008-yil | Desires of the Heart | 桃花运 | Zhang Ying | [7] |
2009-yil | Judge | 透析 | [8] | |
2011-yil | 1911 | 辛亥革命 | Chen Yiying | [9] |
2012-yil | Bunshinsaba | 笔仙 | Xiao Ai | [10] |
2013-yil | Unbeatable | 激战 | Wang Mingjun | [11] |
2014-yil | Blind Massage | 推拿 | Du Hong | [12] |
2015-yil | Crazy New Year’s Eve | 一路惊喜 | Zhang Weiwei | [13] |
2017-yil | The House That Never Dies II | 京城81号II | Niu Menghe/He Fei | [14] |
2019-yil | The Big Shot | 大人物 | [15] | |
2019-yil | Desire Game | 欲念游戏 | [16] | |
2021-yil | Moses on the Plains | 平原上的摩西 | [17] |