Michael Allen | |
---|---|
Tavalludi |
21-iyun 1964-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Siyosiy sharhlovchi, yozuvchi, jurnalist. |
Otasi | Gary Allen |
Michael Allen (talaffuzi: Maykl Allen; 1964-yil 21-iyunda tugʻilgan) — amerikalik siyosiy jurnalist. Michael Axios asoschilaridan biri, ijrochi muharrir va Politiconing sobiq bosh siyosiy muxbiri. Politicoʻda boʻlganida, u kundalik Playbook yozgan. 2010-yil aprel oyida Oq uyning aloqa boʻyicha direktori Dan Pfeiffer bilan uchrashadi. Shu sababli The New York Times uni „Oq uyda kash etilgan jurnalist“ deb atagan[1]. 2007-yilda Politico ishga tushishidan oldin u koʻplab boshqa nashrlarda ishlagan. Bular qatorida The New York Times va Time gazetalari ham bor.
The New York Times gazetasining xabar berishicha, Allen 2016-yil 11-iyuldan keyin Playbook yozishni toʻxtatadi. Keyinchalik Playbook yozishni Politico xodimlari Daniel Lippman, Anna Palmer va Jake Sherman oʻz zimmasiga oldi[2].
Allen Kaliforniyaning Orange okrugida ulgʻaygan. Uning otasi yozuvchi, taniqli jamiyati vakillaridan biri Gari Allen edi.
Michael Vashington universitetida oʻqish uchun mamlakatning sharqiga koʻchib oʻtgan. U 1986-yilda siyosat va jurnalistika boʻyicha ikki tomonlama mutaxassislikni tamomlagan[1]. Allenning otasi oʻsha yili (1986-yil) vafot etgan va Allen Nwe York Timesda otasining faoliyati haqida batafsil maʼlumot bergan[3][1].
Michaelning birinchi hisobot ishi Fredericksburg Free Lance-Star bilan boʻlgan. U Richmond Times-Dispatch, The Washington Post, The New York Times va Time kabi gazetalarida ishlagan[4].
Allbritton Communications tomonidan boshlangan Vashingtonda joylashgan bosma va onlayn nashrda Allen kundalik maqola yozgan[5]. 2010-yil aprel oyida The New York Times gazetasi maqolalar uchun yillik 780 000 dollar daromad olishini aytib oʻtgan[1].
Allen The New York Times jurnalining 2010-yil 25-apreldagi nashri uchun „Oq uyda kashf etilgan jurnalist“ nomli maqolada tasvirlangan. Ko‘pchilik uni Vashingtondagi eng tajribali jurnalistlardan biri deb bilar edi[1].
2022-yil aprel oyida Michael AQShning 2001-yildan 2021-yilgacha Afgʻonistondagi harbiy amaliyotlarini toʻliq oʻrganish uchun kirishadi. Senat Qurolli kuchlar qoʻmitasi tomonidan tayinlangan Afgʻonistondagi urushni oʻrganish komissiyasiga rahbarlik qildi[6][7].
Allen Vashington shahrining siyosati va madaniyatining yuzaki jihatlariga eʼtibor qaratgani uchun tanqidga uchragan[8][1]. 2013-yil noyabr oyida Erik Wample The Washington Post gazetasida Allen moddiy mablagʻ evaziga Politiconi ijobiy yoritishga vaʼda bergani haqida yozgan[9]. Shunda Michael jamoatchilikka izoh berishdan bosh tortgan[10]. Jonathan Chait esa bu holatni „tan olish“ deb taʼriflagan[11]. Alex Pareene ham uning ishini „biznes manfaatlari uchun haq toʻlanadigan advokatdan ajratib boʻlmaydi“, — deb taʼriflagan[12].
2004-yilda Michael Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining Merriman Smith xotira mukofotiga sazovor boʻlgan. Mukofot Allenga sobiq prezident George W. Bush Bagʻdodga (Iroq) yashirin safari haqidagi xabari uchun berilgan.
Mark Leibovich Allen haqida shunday deydi: „Michael yolgʻizlikni yaxshi koʻradigan shaxs boʻlib, koʻplab doʻstlari uning qayerda yashashini bilmasdi. Doʻstlarining hech biri uning uyida boʻlmagan[1]“. Ilgari uni tanigan hamkasbi Allenni „oʻzi ishlaydigan nashriyot binolari“ orasida yashayotganini aytgan[13][4].