Mir Muxtor Axyor (1653 – 1719; urdu: میرمختار اخیار) – soʻfiy olim[1]. Abu Said Saudaning (Baltiston va Kashmirdagi ilk musulmon olimi) oʻgʻli. Baltiston atrofida 12 ta xonqaqoh qurgan[2]. Axyor ustozi Shoh Sayid Muhammad Nurbaxsh Qohistoniy tomonidan arab tilida yozilgan[3] „Fiqhi ahvat“ (fiqh kitobi, „Siraj-ul-islom“ nomi bilan ham mashhur) kitobini tarjima qilgan. Qabri Xaplu shahrida joylashgan[4].