Mir Sayyid Ali Hamadoniy میر سید علی همدانی | |
---|---|
Tavalludi |
tax. milodiy 1312-yil (hijriy 712-yil) |
Vafoti |
tax. milodiy 1384-yil (hijriy 786-yil) Xatlon, Temuriylar imperiyasi |
Fuqaroligi | Eron |
Mir Sayyid Ali Hamadoniy (forscha: میر سید علی همدانی ; tax. 1312–1384) – fors olimi, shoiri va Kubroviyya tariqatidagi soʻfiy avliyo. U Eronning Hamadon shahrida tugʻilgan va soʻfiylik bilan shugʻullangani uchun Markaziy Osiyo va Kashmirda islomni targʻib qilgan. Olim Kashmirda vafot etgan va 1384-yilda 71-72 yoshlarida Tojikistonning Xatlonida dafn etilgan. Hamadoniy hayoti davomida Shohi Hamadon („Hamadon shohi“), Amiri Kabir („Buyuk qoʻmondon“) va Ali Soniy („ikkinchi Ali“) kabi sifatlar bilan ulugʻlangan[1].
„Sayyid“ unvoni uning paygʻambar Muhammadning avlodi boʻlganligini, ehtimol uning oilasining har ikki tomonidan (ham ota, ham ona tarafdan) boʻlganligini koʻrsatadi[2][3].
Hamadoniy oʻzining ilk yillarini Eronning Semnon shahrida boʻlgan mashhur Kubroviy avliyo Alauddavla Semnoniy huzurida oʻtkazgan. Ustozining Ibn Arabiyning "Vahdatul-vujud" („vujud birligi“) talqiniga qarshi boʻlishiga qaramay, Hamadoniy ushbu taʼlimotni yoqlovchi "Risolayi vujudiya" risolasini hamda Ibn Arabiyning "Komil inson" gʻoyasini aks ettiruvchi "Fusus al-Hikam" asariga ikkita sharh yozgan. Hamadoniy Ibn-Arabiy falsafasini Janubiy Osiyoga tanitgan[4].
Sayyid Ali Hamadoniy koʻp sayohat qilgan va dunyoning turli burchaklarida, xususan Afg‘oniston, Oʻzbekiston, Xitoy, Suriya, Kashmir va Turkiston kabi oʻlkalarda islom dinini targʻib qilgan[5][6].
Sayyid Alining uchinchi safariga 1383-yilda Amir Temurning Iroqni egallab, Forsga uchinchi marta bostirib kirishi va oʻsha davrga qadar mahalliy ishlarda muhim rol oʻynagan Hamadondagi alaviy sayyidlarini yoʻq qilishga qaror qilgani sabab boʻladi. Shu sababli Sayyid Ali 700 nafar sayyid bilan Hamadonni tark etib, Temur gʻazabidan omon qolish umidida Kashmir tomon yoʻl oladi. Hamadoniy allaqachon u yerga ikki izdoshini: Sayid Tojiddin Semnoniy va Mir Sayid Hasan Semnoniyni vaziyatni tahlil qilish uchun yuborgan edi. Kashmir hukmdori Shibuʼddin Mir Sayid Hasan Semnoniyning muridi edi va shuning uchun Hamadoniyni Kashmirda podshoh va uning vorisi Qutubiddin kutib oladi. Oʻsha paytda Kashmir hukmdori Dehli sultoni Feruzshoh Tugʻloq bilan urushayotgan edi, ammo Hamadoniy ular oʻrtasidagi tinchlikka vositachilik qiladi. Hamdoniy Kashmirda olti oy turgan. Sharofiddin Abdulrahmon Bulbulshohdan keyin u Kashmirga tashrif buyurgan ikkinchi mashhur musulmon edi. Hamadoniy Makkaga borib, keyin 1379/80-yillarda Qutubiddin davrida Kashmirga qaytib, 1381/82-yillarda Ladax orqali Turkistonga qaytgunga qadar Kashmirda islomni yoyishda bir yil ishlydi. 1383/84-yillarda uzoqroq qolish niyatida uchinchi marta Kashmirga boradi, biroq kasallik tufayli ertaroq qaytishga majbur boʻldi. Hamadoniy Markaziy Osiyoga qaytayotganda Pokistonning shimoli-gʻarbidagi Mansehra shahri yaqinida vafot etadi[7]. Jasadini shogirdlari ziyoratgohi joylashgan Tojikistonning Koʻlob shahriga olib ketishadi[4].
Hamadoniy Kashmirda islom dini taʼsirini yoyish uchun harakat qila boshlagan. U Erondan Kashmirga turli hunarmandchilik va sanoatni olib kelgan deb hisoblanadi. Olim oʻzi bilan mamlakatga 700 ta Sayyid olib kelgani aytiladi[8][4][9]. Kashmirdagi toʻqimachilik sanoatining oʻsishi uning ipakka boʻlgan talabini oshirdi, bu esa oʻz navbatida Kashmir musulmon guruhlari Ladaxga joylashishiga[10][11], zarbchilik va yozish kabi hunarmandchilikni oʻzlari bilan olib kelishiga taʼsir koʻrsatadi[12].
Hamadoniy siyosat, davlat boshqaruvi va ijtimoiy xulq-atvorga oid "Zaxirat ul-muluk"[13][14] deb atalgan kitob yozgan.
Bitta qoʻlyozma (Razo kutubxonasi, Rampur, 764; 929/1523 da koʻchirilgan) Hamadoniyning oʻn bir asarini oʻz ichiga oladi (uning silsilasi Nav’i Xabushoniyga boradi; qoʻlyozmada u bilan bogʻliq ikkita hujjat mavjud)[15].
Sayid Abdurrahmon Hamdoniy oʻzining "Salari ajjam" kitobida Sayyid Ali Hamadoniy qalamiga mansub 68 kitob va 23 risolani sanab oʻtgan[16].
Vikiiqtibosda Mir Sayyid Ali Hamadoniyga tegishli iqtiboslar mavjud. |