Mirazizbek Mirzakarimovich Mirzaxalilov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
27-fevral 1995-yil Quva, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Jahon chempionati | ||
Oltin | Yekaterinburg 2019 | 57 kg gacha |
Osiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Djakarta 2018 | 56 kg gacha |
Osiyo chempionati | ||
Oltin | Bankog 2019 | 56 kg gacha |
Kumush | Dubay 2021 | 56 kg gacha |
Mirazizbek Mirzakarimovich Mirzaxalilov (1995-yil 27-fevral, Quva, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, eng yengil, ikkinchi yengil va yarim yengil vazn toifalarida ishtirok etib keladi. Jahon chempioni (2019), Osiyo oʻyinlari chempioni (2018), Osiyo chempioni (2019), Havaskorlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2021).
U 2014-yildan buyon havaskor boks bilan shugʻullanib keladi. Mirazizbek Mirzaxalilov eng yengil vazn toifasida ishtirok etib keladi.
2018-yilda Jakartada boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, finalda KXDR sportchisi Xyo Nam Yo ustidan gʻalaba qozonib, yengil vaznda u oltin medalni qoʻlga kiritadi[1].
2019-yilda Bangkokdagi Osiyo chempionatida u qitʼamiz chempioni boʻldi, finalda hindistonlik bokschi Kavinder Singht Bishtni magʻlub etadi[2].
2019-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Mirazizbek hal qiluvchi jangga chiqdi va u kubalik bokschi Lazaro Alvaresni yutib, oltin medal va chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi[3].
2021-yilning 3-aprelida u mahoratli tanzaniyalik Tasha Mjuadjini (17-7-2) 1-raundda nokaut qilib, professional faoliyatini boshlagan.
2021-yil Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida Mirazizbek Mirzaxalilov 1/8 final bahsida raqibi irlandiyalik Kurt Uokerga imkoniyatni boy berib qoʻyadi[4].
2022-yilning mart oyida boks boʻyicha Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sportchilari oʻrtasida oʻtkazilgan lisenzion turnirda 57 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzaxalilov turnir mezboni bokschisi Mohamma Alvadiga qarshi ringga koʻtarilgan edi. Mirzahalilov raqibi ustidan ishonchli tarzda 5:0 hisobida gʻalaba qozonadi[5].