MixBit

MixBit
Muallif
Ishlab chiquvchiMixBit, Inc.
Chiqarilgan sana8-avgust, 2013-yil (11 yil avval) (2013-08-08)
Operatsion tizim
Vebsayt:mixbit.com

MixBit – YouTube asoschilari Steve Chen va Chad Hurley tomonidan yaratilgan video ulashuv xizmati. U 2013-yil 8-avgustda ommaga taqdim etildi. MixBit oʻz foydalanuvchilariga video yaratish imkonini berdi va oʻz davrida Vine va Instagram bilan raqobatlasha oldi[1]. Uning iPhone uchun yaratgan ilovasi 2013-yilning avgust oyida, Android ilovasi esa 2 oydan keyin chiqarildi. MixBit oʻz faoliyatini 2018-yil 21-avgustda toʻxtatgan.

AVOS sistemasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

AVOS Chad Hurley, Steve Chen va Vijay Karunamurti tomonidan asos solingan internet kompaniya edi. 2011-yil iyun oyida AVOS Delicious kompaniyasini[2][3], shu yilning may oyida esa Tap 11 ijtimoiy tahlil kompaniyasini sotib oldi[4]. Ammo, 2014-yil may oyida AVOS kompaniyasi Deliciousni Science Inc.ga sotdi[5].

2012-yilda AVOS foydalanuvchilariga videojurnallar yaratish imkonini beruvchi Zeenni ishga tushirdi. Lekin, Zeenning faoliyati 2013-yilda toʻxtatiladi[6]. 2014-yilda AVOS MixBitda ishlaydigan yagona kompaniyaga aylandi[7].

MixBit keyinchalik InvoiceOwl tarkibiga kirdi[8].

  1. Dredge, Stuart. „YouTube founders take on Vine and Instagram with MixBit video app“ (2013-yil 8-avgust).
  2. „YouTube Founders Acquire Delicious From Yahoo!“. AVOS (2011-yil 28-aprel). 2011-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-aprel.
  3. „YouTube Founders Acquire Delicious“. Delicious Blog. 2011-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-aprel.
  4. Olivarez-Giles, Nathan. „YouTube founders buy Tap11 social media analytics firm“. Los Angeles Times (2011-yil 9-may). 2011-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-may.
  5. Fiegerman, Seth. „Bookmarking Site Delicious Acquired for the Third Time in 10 Years“ (2014-yil 8-may). Qaraldi: 2014-yil 8-may.
  6. Russell, Jon „AVOS will close Web curation service Zeen on December 8 to focus on its Mixbit video remix app“. The Next Web (2013-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
  7. „YouTube Co-Founders Split As Hurley Spins Out MixBit And Chen Joins Google Ventures“ (2014-yil 6-iyun).
  8. „MixBit is now InvoiceOwl“.