Mixail Bondarenko

Mixail Zaxarovich Bondarenko (1913, Poltava viloyati - 1947) - Ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni, polkovnik. 1940-yildan Kompartiya aʼzosi. Harbiy aviatsiya maktabini bitirgan (1939). 1939—40-yillarda SSSR-Finlandiya urushiniіg qatnashchisi. Ulugʻ Vatan urushi davrida zveno komandiri, soʻngra 198-shturmchi aviapolkida uchish texnikasidan shturman va inspektor. 200 martadan koʻproq jangda qatnashib, aerodromlarda dushmanning 20 samolyotini yakson qilgan. Dushmanning aerodrom, temir yoʻl, jokli kuchlari va texnikasiga zarba berishda koʻrsatgan jasorati, mardligi uchun Bondarenkoga ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan (1942, 1943). 1946-yil Harbiy-havo akademiyasini tamomlagan, aviatsiya polkiga komandir boʻlgan. 2 marta Lenin ordeni, 2 Qizil Bayroq ordeni medallar bilan mukofotlangan.