Moʻminjon Abdullaev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
24-dekabr 1989-yil Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Boʻyi | 190 |
Sport | |
Qaysi sport | yunon-rum kurashi |
Moʻminjon Rustamovich Abdullaev[1](tugʻ. 24-dekabr 1989-yil, Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Uch karra Osiyo chempionati gʻolibi, Islom birdamlik oʻyinlari va Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori. 2018-yil yozgi Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Uchta olimpiada ishtirokchisi.
2010-yilda Nyu Deli (Hindiston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 96 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].
2011-yilda Istanbul (Turkiya) shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 120 kg vazn toifasida 1/32 finalda nemis kurashchisi Niko Shmidtga yutqazib qoʻydi[3].
2012-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) boʻlib oʻtgan XXX yozgi Olimpiya oʻyinlarida 1/8 finalda amerikalik kurashchi Dremiel Byersga yutqazib qoʻydi[4][5]. Olimpiya oʻyinlaridan soʻng Moʻminjon Abdullaevning doping testi ijobiy chiqdi va nandrolon (anabolik steroid) topildi, shundan soʻng u 2014-yilning 20-noyabriga qadar ikki yilga oʻyinlardan chetlashtirildi[6].
2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan XXXI Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/8 finalda rossiyalik kurashchi, boʻlajak bronza medali sovrindori Sergey Semyonovga yutqazib qoʻydi.
2017-yilda Nyu Deli (Hindiston) oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 130 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7]. Oʻsha yili Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlarida hamda Ashxobodda (Turkmaniston) oʻtkazilgan yakkakurash va yopiq inshootlardagi musobaqalarda Osiyo oʻyinlarida kumush medallarni qoʻlga kiritdi[3].
2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 130 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik kurashchi Nurmaxan Tinaliyevni 8:0 hisobida magʻlub etib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi[8]. Oʻsha yili Bishkekda (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 130 kg vazn toifasida u finalda eronlik Behnam Aliakbar Mehdizade Arpatapega yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[9].
2019-yilda Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u chorak finalda eronlik Amir Gʻasemiga 3:1 hisobida yutqazib qoʻydi[10]. Oʻsha yili Sianda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u finalda yana eronlik Amir Gasemiga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[11].
2021-yilda Olmaota shahrida (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan Osiyo saralash turnirida 130 kg vazn toifasida yarim finalda xitoylik Ling Jae Myung 9:0 hisobida magʻlub etdi va shu tariqa Yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi[12].
{{citation}}
: no-break space character in |title=
at position 29 (yordam)