Abu Bakr Muhammad ibn Ali Sanhojiy al-Bayzaq (arab. أبو بكر محمد بن علي الصنهاجي البيذق) (1164 yildan keyin vafot etgan)marokashlik tarixchi, asosan, Ibn Tumartning hamrohi va yilnomachisi sifatida tanilgan. “Bayzaq” (piyon) uning laqabi bo‘lgan, chunki u kichkina edi. U barbarlarning Sinhoja qabilasidan edi[1].
Asosiy asari -“al-Muqtabas min kitobil-ansob fi ma’rifatil-as’hob” (taxminan 1150-yillarda yozilgan). Bu davrdagi eng muhim manba. Klassik arab tilida yozilgan asarda barbar so‘zlari, ismlari va maqollari ham qo‘llanilgan va bu o‘rta asr barbar tili ni o‘rganuvchi olimlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi[2].