Muhammad Husayn az-Zahabiy

Muhammad Husayn alz-Zahabiy (1915-yil 19-oktyabr[1] — 1977-yil 7-iyul) al-Azhar olimi va Misrning sobiq diniy vaqflar vaziri boʻlgan. Asosiy oqim Musulmon birodarlar harakatidan ajralib chiqqan jangari jihodchilar harakatining tanqidchisi boʻlgan. 1977-yil 3-iyulda Takfir val-hijra radikal guruhi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Harakat uni garovda ushlab, qamoqdagi a’zolarni ozod qilishni talab qilgan[2]. Ularning talabi qondirilmagandan keyin, az-Zahabiyni qatl qilishgan[3]. Uning qatl etilishi ortidan Anvar Sadat hukumati Misrdagi jangari islomiy tashkilotlarga qarshi keskin choralar koʻrgan[4].

  1. معلومات عن محمد حسين الذهبي على موقع viaf.org". viaf.org. مؤرشف من الأصل في 2018-12-12
  2. Marc Sageman, Understanding Terror Networks (University of Pennsylvania Press, 2004) p.29
  3. Gilles Kepel, Muslim Extremism in Egypt (University of California Press, 1986) p.96
  4. „Dhahabi, Shaykh Muhammad Husayn“. Oxford Islamic Studies Online. 2018-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.