Muhammad Zamon Mirzo

Muhammad zamon Mirzo (1496— 1539) — Husayn Boyqaronshnt nabirasi, Badiuzzamonning 2-oʻgʻli. 1506-yil Damgʻon uchun boʻlgan jangda amakisi Faridun Husayn mirzo bilan Shapboniyxonga asir tushib qolgan, lekin Shayboniyxon ularni qoʻyib yuborgan. 1506-yil maydan Balx va uning viloyatiga egalik qilish uchun amir Oʻrda Shayx bilan kurashgan. Biroq, Oʻrda Shayx Balxni Boburga topshirish niyatida elchi yuboradi. M.Z. uni xoinlikda ayblab qatl etadi. Oʻrda Shayxning ukasi Qavombek bundan xabar topib, qoʻshin toʻplab, Kobulga, Bobur huzuriga elchi yuboradi. Bu orada Boburning Zafarbek boshchiligidagi qoʻshini shahar atrofida edi, Qavombek shahardan chiqib shahar kalitlarini unga topshiradi. Mana shu holat sababli M.Z. Sanuchahoryak mavzeiga ketadi, u yerda Bobur huzuriga Muhammad Boqini elchi qilib joʻnatib, tobeligini izhor qilgan. Keyinchalik M.Z. Shibirgʻon hokimi Imin-bek bilan Boburga qarshi ittifoq tuzishga intilgan va shu maqsadda Saripulga yoʻl ochgan. Biroq Bobur undan chaqqonroq harakat qilib Qorayogʻochga yurish qilib, M.Z.ning oʻgʻruqini egallab olgan. Shundan soʻng M.Z. ham Garchistonga ketib, togʻli viloyatlarda tentirab yurgan, Balxni olish uchun bir necha bor urinib koʻrgan, soʻng Sanuchahoryak viloyatiga, u yerdan Shibirgʻonga yoʻl olgan. Bu yerda u Iminbek va Ibrohim chopuqlarning birlashgan qoʻshinidan yengilgan, asir tushgan va Bobur huzuriga, Kobulga joʻnatilgan. Xondamirning guvohlik berishicha, Bobur M.Z. ning barcha gunohlarini kechirgan, yaqinlari qatoridan joy bergan va ikki oydan keyin unga Balxni inʼom etgan. M.Z. Balxda 1523-yil sentabrgacha hokimlik qilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil