Muhammadqodir Toshtemirov | |
---|---|
Tavalludi |
2001-yil 17-sentyabr |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Muhammadqodir Toshtemirov (2001-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) [1] – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi. Muhammadqodir 81 kg vazndagi erkaklar oʻrtasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].
Toshtemirov erkaklar oʻrtasida 81 kg vazn toifasidagi 2020-yilgi ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatda kumush medalni qoʻlga kiritadi[3]. 2021-yilda Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritadi[4][5].
2018-yilda Toshtemirov 77 kg vazn toifasidagi Argentinaning Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtgan yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi[6][7]. Oʻsha yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha 2018-yilgi jahon chempionatida 73 kg vazn toifasida ham ishtirok etgan[8]. Muhammadqodir 81 kg vazn toifasida Tailandning Pattaya shahrida boʻlib oʻtgan 2019 yilgi ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida oʻrinda ham ishtirok etadi[9].
Toshtemirov erkaklar oʻrtasidagi 81 kg vazn toifasida 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi, biroq oʻtgan doping qoidabuzarliklari tufayli Oʻzbekiston Muhammadqodir Toshtemirovni tanlanmadi[10].