"Muhtasham yuz yil" turkiyaning tarixiy va fantastik teleseriali boʻlib, Usmonlilar imperiyasi sultoni Sulaymon I va Hurram Sulton hayoti uning farzandlari uchun taxt uchun kurashi va saroy hayotiga asoslangan. Ssenariyni 2012-yil 10-aprelda vafotigacha boʻlgan oraliqdaMeral Okay yozgan, keyin esa Yilmaz Shahin, rejissyori Taylan Biraderler edi.
Serialning birinchi qismi 2011-yilning 5-yanvarida efirga uzatilgan. Uning birinchi mavsumi 2011-yilning 22-iyun sanasida yakunlangan. Ikkinchi faslning birinchi epizodi 2011-yilning 14-sentabrida efirga uzatildi, ikkinchi faslning oʻzi esa 2012-yil 6-iyunda yakunlangan."Muhtasham yuz yil"serialining uchinchi fasli 2012-yil 12-sentyabrda boshlangan va 2013-yil 26-iyunda yakunlanishi rejalashtirilgan edi. Ammo Meryem Uzerlining serialni eʼlon qilinmasdan tark etib, Germaniyaga ketishi tufayli 2013-yil 19-iyun kunida yakunlandi[1]. Toʻrtinchi va oxirgi mavsumning birinchi epizodi 2013-yilning 18-sentyabr sanasida efirga uzatildi. Garchi 2013-yil iyul oyida serial prodyuseri Timur Savji serial 2014-yilning mart oyida yakunlanishini eʼlon qilgan boʻlsa-da[2], serialning finali 2014-yil 11-iyun kuni efirga uzatilgan 139-qismda boʻlgan edi. Bu serial qismlarga boʻlingan[3] [4].