Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 31-dekabr 2005-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
Daraja | Xalqaro elita | ||
Bosh murabiy(lar) | Rano Muxamedova | ||
Assistent murabbiy(lar) | Luiza Gʻaniyeva | ||
Xoreograf | Maria Axrarova |
Medal record | ||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Badiiy gimnastika | ||||||||||||||||||||||||||
Representing Oʻzbekiston | ||||||||||||||||||||||||||
|
Medal soni | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
2022 Patayya | Jamoaviy | |
2022 Patayya | Umumiy guruh | |
2022 Patayya | 3ta lenta + 2ta toʻp | |
2022 Patayya | 5ta xalqa | |
Islom birdamlik oʻyinlari | ||
2021 Konya | 5ta xalqa | |
2021 Konya | Umumiy guruh | |
2021 Konya | 3ta lenta + 2ta toʻp | |
Badiiy gimnastika | ||
Oʻzbekiston vakili |
Mumtozabonu Mirafzal qizi Isxoqzoda (2005-yil 31-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek badiiy gimnastikachisi[1][2], milliy terma jamoa aʼzosi.
Ota-onasining xohishi bilan Mumtozabonu toʻrt yoshida badiiy gimnastika bilan shugʻullana boshlagan. Uning kumiri rossiyalik badiiy gimnastikachi Aleksandra Soldatova. O‘zbekistonda sport ustasi ga nomzod unvonini oldi[1].
Isxoqzoda Moskvada oʻtkazilgan 1-oʻsmirlar jahon chempionatida debyut qilib, umumjamoa hisobida 11-oʻrin, koʻpkurashda 17-oʻrin, 5 ta lenta bilan 14-oʻrin va 5 ta halqa bilan 20-oʻrinni egalladi[3].
2022-yilda Toshkentda oʻtkazilgan Jahon kubogida debyut qilib, koʻpkurash va 5 ta halqa bilan kumush hamda 3 ta lenta va 2 ta toʻp bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[4]. Bir haftadan soʻng guruh Bokudagi usobaqada ishtirok etib, koʻpkurashda 6-oʻrinni, 5 ta halqa va 3 ta lenta boʻyicha hamda 2 ta toʻp bilan 7-oʻrinni egalladi[5]. Iyun oyida u Pesaroda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, koʻpkurashda 8-oʻrinni, 5 ta halqa bilan 7-oʻrinni egalladi[6]. Shundan soʻng u Pattaya shahrida boʻlib oʻtgan badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionati ishtirokchisi boʻlib, koʻpkurashda va 3 ta lenta va 2 ta toʻp boʻyicha oltin, 5 ta halqa bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi[7][8][9]. Avgust oyida Mumtozabonu Koʻniyada boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etib, guruh koʻpkurashida kumush, 3 ta lenta va 2 ta toʻp, 5 ta halqa bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[10].
Sentyabr oyida Ibragimova Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Nilufar Azamova, Nargiza Jumaniyozova, Mariya Pak, Shaxzoda Ibragimova, Xurshidabonu Abduraufova hamda ikki nafar yakkalik qatnashuvchilar – Taxmina Ikromova va Yosmina Raximovalar bilan qatnashib, umumiy hisobda 18-oʻrinni va 3 ta lenta + 2 toʻp bilan 20-chi oʻrinni egalladi[11].