Muoviya ibn Hishom

Muoviya ibn Hishom
معاوية بن هشام
Vafoti 737
Turmush oʻrtogʻi Raha (kanizak)
Farzandlari
Toʻliq nomi
Muoviya ibn Hishom ibn Abdulmalik
Uy Marvoniylar
Sulola Umaviylar
Otasi Hishom ibn Abdulmalik
Onasi Ummu Hakim bint Yahyo (yoki kanizak)
Dini Islom
Muoviya ibn Hishom
Harbiy faoliyati
Fuqaroligi Umaviylar xalifaligi
Unvoni General
Jang/urush Umaviylarning boshqa harbiy harakatlari.
Aloqa Al-Volid ibn Yazid (amakisi)
Yazid III (amakisi)
Maslama (aka-ukasi)
Sulaymon (aka-ukasi)
Said (aka-ukasi)

Muoviya ibn Hishom (arabcha: معاوية بن هشام; (fl. 725–737) arab generali va shahzodasi boʻlib, Umaviylar xalifasi Hishom ibn Abdulmalikning (h. 724–743) oʻgʻli boʻlgan. Arab — Vizantiya urushlarida oʻzini ajoyib tarzda namoyon etgan. Oʻgʻli Abdurahmon ibn Muoviya Kordova amirligi va Andalusdagi Umaviylar sulolasining asoschisi edi.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muoviya haqidagi biografik maʼlumotlar kam[1]. Otasi xalifa Hishom ibn Abdulmalik. Onasi yo Ummu Hakim (Umaviylar davlat arbobi hamda Hishomning ota tomonidan bobosi xalifa Marvon Ining ukasi Yahyo ibn al-Hakamning qizi[2]), yo ummu valad (qul kanizak) boʻlgan[1].

Harbiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muoviya asosan Arab — Vizantiya urushlaridagi faoliyati bilan tanilgan boʻlib, Vizantiya Kichik Osiyosiga qarshi koʻplab hujumlarni boshqargan. Muoviya boshchiligidagi birinchi harbiy yurish 725-yilning yozida sodir boʻlib, bu yurish Maymun ibn Mihran boshqargan Kiprga qarshi dengiz hujumi bilan birga olib borilgan. Arab manbalariga koʻra, Muoviya qoʻshini Dorylaiongacha yetib borgan, koʻplab asirlarni qoʻlga kiritib, bir nechta qal’ani talon-taroj qilgan[2][3]. Muoviyaning 726-yilda, ehtimol qish fasliga toʻgʻri kelgan, yana bir yurishni amalga oshirgani haqida ma’lumotlar mavjud boʻlsa-da, bu yurish toʻgʻrisida aniq tafsilotlar saqlanib qolmagan. 727-yilda esa Abdulloh al-Battol bilan birgalikda navbatdagi harbiy yurishga boshchilik qilgan. Battol dastavval Gangrani qoʻlga kiritib, yer bilan yakson qildi. Soʻngra sarkardalarning birlashgan kuchlari Ateus qal’asini zabt etib, Nikeya tomon yurdi. Shahar qamali 40 kun davom etgan boʻlsa-da, ittifoqchilar qalʼani egallay olishmadi[2][3]. 728-yilda Kichik Osiyoga yana bir harbiy yurish uyushtirilgan boʻlib, harbiy harakatlar ikki yoʻnalishda amalga oshirilgan. Muoviya janubiy yoʻnalishga boshchilik qilgan boʻlsa, ukasi Said ibn Hishom shimoliy yoʻnalishga rahbarlik qildi. Ikkalasi ham aytarli muvaffaqiyatga erishmaganga oʻxshaydi[4].

Musulmon manbalarida 730-yilning kuz oylarida Charsianon qal’asini zabt etgani aytilsa-da, Vizantiya manbalari bu ishni Muoviyaning amakisi Maslama ibn Abdulmalik amalga oshirganini ta’kidlaydi. Keyingi yil Muoviyaning qoʻshinlari chegarani yorib oʻtishga muvaffaq boʻlmadi, deya xabar qilingan. Shu bilan birga, al-Battolning qoʻshimcha yurishini esa dushman kuchlar tor-mor etgan. 732-yilda Muoviya boshliq harbiy yurish Akroinongacha kirib bordi[5]. 733-yilda Muoviya Paflagoniyaga yurish boshladi. Keyingi bir necha yil davomida yurishlarni boshqarishda davom etdi. Garchi bosqinchi guruhlari oʻlja izlab Kichik Osiyoning ichkarisigacha kirib borgan boʻlsa-da, birorta ham yirik shahar yoki qal’a zabt etilgani ma’lum emas. Shunday guruhlardan biri hatto Egey dengizi sohili yaqinidagi Sardiga yetib borgani aytiladi[6][3]. 737-yilning yozida yana bir janubga tomon yurishga boshchilik qildi. Biroq, Theophanes Confessor ma’lumotlariga koʻra, ov paytida otdan yiqilib halok boʻlgan[7][3].

Muoviyaning oʻn uchta oʻgʻli bor edi. Abdurahmon (731-788) ular orasida eng mashhuri edi. Uning onasi berber ummu valad boʻlgan. Abdulrahmon 750-yilgi Abbosiylar inqilobi vaqtida Umaviylar sulolasining qulashidan soʻng, al-Andalusga qochib ketgan va u yerda Kordova Umaviylar amirligiga asos solgan[8]. Shunday qilib, Muoviya 9-asrgacha al-Andalus amirlari va keyinchalik xalifalari sulolasining ajdodi boʻlib, sulolaning oxirigacha shu maqomni saqlab qolgan[1].

Muoviyaning yana bir oʻgʻli Aban 751-yilda Abbosiylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo magʻlubiyatga uchrab, asirlikda vafot etdi[9]. Abanning oʻgʻli Ubaydulloh keyinchalik al-Andalusga borib, Abdurahmon I safiga qoʻshildi. Unga Muaviyaning boshqa oʻgʻli Abdulloh va nabirasi al-Mugʻira ibn al-Valid ham hamrohlik qilishgan[10]. Muoviyaning yana bir oʻgʻli Yahyo Abdurahmon I bilan Abbosiylar Suriyasidan qochib ketayotganda vafot etdi.

  1. 1,0 1,1 1,2 Pellat 1993, s. 269.
  2. 2,0 2,1 2,2 Blankinship 1994, s. 120.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Lilie et al. 2000, s. 321.
  4. Blankinship 1994, s. 121.
  5. Blankinship 1994, s. 162.
  6. Blankinship 1994, s. 168.
  7. Blankinship 1994, s. 169.
  8. Ṭāhā 1998, s. 234.
  9. Cobb 2001, s. 49.
  10. Scales 1994, s. 113.