Murtazo az-Zabidiy | |
---|---|
Tavalludi |
1732-yil Bilgram, Hardoi, Uttar Pradesh, Hindiston |
Vafoti |
1790 Qohira, Misr |
Ijod qilgan tillari | Arab tili[1] |
Faoliyat turi | musulmon olimi, leksikograf |
Al-Murtazo al-Husayniy az-Zabidiy (arabcha: المرتضى الحسيني الزبيدي), yoki Muhammad ibn Muhammad Murtado az-Zabidiy (1732—1790), (hijriy 1145—1205-yil) islom olimi[2]. Mashhur „ Taj al-ʼArus min Javohir al-Qamus“ (تاج العروس) lugʻatining muallifidir. G‘azzoliyning diniy fanlarni qayta tiklash haqidagi mashhur kitobiga sharhlar yozgan.
Murtazo 1732-yilda (hijriy 1145-yil) Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Hardoi shtatining Bilgram shahrida tugʻilgan. Ota-onasining kelib chiqishi Iroqning Vosit shahridan. 1790-yili (hijriy 1205-yil) Misrda vabodan vafot etgan.