Muslima Odilova | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
20-iyun 1998-yil Andijon viloyati |
Sport | |
Qaysi sport | suzish |
Murabbiy(lar)i | Nodirbek Abdullayev |
Muslima Ulugʻbek qizi Odilova (tugʻ. 1998-yil 20-iyun, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik para suzuvchi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari ishtirokchisi va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori.
Muslima Odilova 20-iyun 1998-yil Andijon viloyatida tugʻilgan. Andijon davlat universitetini tamomlagan[1].
Sakkiz yoshida Andijonda suzish bilan shugʻullanishni boshlagan.
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida S13 klassida 100 metr va 50 metr masofaga batterflay usulida suzishda ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan[2]. Xuddi shu oʻyinlarda 100 metr masofaga suzishni muvaffaqiyatsiz amalga oshirgan.
2016-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan Muslima Odilovaga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ unvoni berilgan[3].
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 metr masofaga batterflay usulida suzishda toʻrtinchi oʻrinni egallagan va musobaqaning final bosqichiga chiqa olmagan[4][5].