Mutya Datul | |
---|---|
Tavalludi |
Mutya Johanna Fontiveros Datul 17-aprel 1992-yil Santa Maria, Isabela, Filippin |
Fuqaroligi | Filippin |
Mutya Johanna Fontiveros Datul (1992-yil 17-aprel; Filippin) — filippinlik moda va tijorat modeli, aktrisa va goʻzallik malikasi. Miss Supranational 2013 tojini qoʻlga kiritgan va bu tanlovida gʻolib chiqqan birinchi osiyolik hamda filippinlik boʻlgan[1].
U avvalroq tanlovning 50-sonida Isabela vakili bo'lib Binibining Pilipinas Supranational 2013 tojini qo'lga kiritgan edi[2].
Datul 1992-yil 17-aprelda Filippinning Santa-Mariya shahrida Vilfredo va Merli (née Fontiveros) Datul oilasida tug‘ilgan[3]. U Ilagan shahridagi Isabela davlat universitetida axborot texnologiyalari va Quezon shahridagi Gardner kollejida biznes boshqaruvi darajasini olgan[4][5].
Datul Mutya ng Pilipinas 2012 tanlovida ishtirok etdi va Top 10 ga kirdi. Tojni olmaganidan keyin oilasini boqish uchun boshqa mahalliy tanlovlarda qatnashishga qaror qildi[6] After failing to take the crown, she decided to join other local pageants to support her family.[7].
2013-yil boshida Datul Binibining Pilipinas 2013 tanlovi uchun 50 nafar ishtirokchidan biri sifatida tanlandi[7]. U Binibining Photogenic va Binibining Best mukofotlari bilan taqdirlandi. Dutal oxir-oqibat 2013-yil aprel oyida Smart Araneta Coliseum arenasida Binibining Pilipinas Supranational tojini qo‘lga kiritdi hamda Belarusdagi Miss Supranational 2013 tanlovida Filippindan vakil sifatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi[8].
Datul 2013-yil 6-sentyabrda Miss Supranational 2013 tanlovida Filippin davlatidan vakil sifatida Belarusning Minsk shahriga bordi. U dastlabki tadbirlardan birida Miss Supranational Personality unvoniga sazovor boʻldi[9]. Musobaqa yakuniga koʻra, Datul 2013-yilda “Miss Supranational” unvoniga sazovor boʻldi[10]. Ushbu g'alabasi bilan Datul Miss Supranational unvonini qo'lga kiritgan birinchi osiyolik va filippinlik inson bo'ldi[1][11].
Datul Miss Supranational 2013 tanlovi davrida Xitoy, Gabon, Panama, Polsha, Myanma, Laos, Kambodja, Tailand, Meksika, Kolumbiya, Peru, Ispaniya, Hindiston, Litva, Finlyandiya, Norvegiya, Germaniya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya hamda vatani Filippinda xayriya tadbirlari uchun, turli mamlakatlardagi Miss Supranational 2014 milliy tanlovlarida qatnashish va ba'zan hakamlik qilish uchun sayohat qilgan[12][13].