Muzaffar Tursunxoʻjayev

Muzaffar Tursunxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 16-yanvar 1998-yil (1998-01-16) (26 yosh)
Sport
Mamlakat Oʻzbekiston
Qaysi sport Suzish
Sport mukofotlari
Paralimpiya oʻyinlari
Bronza Rio 2016 50 m S13
Bronza Rio 2016 100 m butterfly S13
Jahon chempionati
Kumush 2022 Madeyra 100 m erkin usulda S13
Bronza 2019 London 50 m freestyle S13
Para-Osiyo oʻyinlari
Bronza 2022 Hanjou 100 m butterfly S13
Kumush 2018 Jakarta 50 m freestyle S13
Kumush 2018 Jakarta 100 m freestyle S13
Kumush 2018 Jakarta 100 m backstroke S13
Kumush 2022 Hanjou 50 m freestyle S13
Kumush 2022 Hanjou 100 m backstroke S13

Muzaffar Tursunxoʻjayev (Музаффар Турсунхўжаев) – paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik koʻzi ojiz suzuvchi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ikki karra bronza medali sovrindori[1].

2016-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. Ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan: erkaklar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda (S13) va 100 metrga batterflyay usulida (S13) suzish musobaqalarida[2]. 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan[3].

2019-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻlib oʻtgan para-suzish boʻyicha jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida 50 metrga erkin suzish boʻyicha musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritdi[4].

  1. „Muzaffar Tursunkhujaev Profile“. 2020 Summer Paralympics. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
  2. „Muzaffar Tursunkhujaev“. paralympic.org. International Paralympic Committee. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
  3. „Swimming Results Book“. 2020 Summer Paralympics. 2021-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  4. „2019 World Para Swimming Championships | Day 7“. Olympic Channel (2019-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.