Myanma tashqi siyosati (shuningdek, u Birma nomi bilan ham tanilgan) bu - mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo`lgan munosabatlaridir. U Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Myanmaning G‘arb davlatlari bilan munosabatlarida 2012-yildan beri yaxshilanish kuzatilmoqda. Ammo 2017-yilda rohinjalar ta’qib qilinishi[1][2] tufayli munosabatlar yana keskinlashgan.
Umuman olganda, Myanma qo'shni davlatlar bilan iliq munosabatlarni saqlab qolmoqda va Janubi-Sharqiy Osiyo Millatlar Uyushmasi a'zosi hisoblanadi.
AQShning Massachusets shtati 1996-yilda Birmaga qarshi o`z sanksiyalarini joriy qilishga urindi, ammo bu konsepsiya AQSh Konstitutsiyasiga zid ekanligi isbotlandi. Keyinchalik, Amerika Qo'shma Shtatlari federal hukumati Birmaga qarshi turli xil qonunchilik va siyosat mexanizmlari orqali keng qamrovli sanksiyalar kiritdi. AQSh Senati va Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan va 2003-yilda Prezident Jorj Bush tomonidan imzolangan Birma erkinligi va demokratiya qonuni (BFDA) Myanmadan barcha importlarni, moliyaviy xizmatlar eksportini taqiqladi[3].
2007-yil, 27-sentabrdan boshlab AQSh Moliya vazirligi 13310-sonli buyruq bilan 25 nafar yuqori martabali Birma hukumati amaldorlarining aktivlarini muzlatib qo‘ydi. 2007-yil 19-oktabrda Prezident Jorj Bush tomonidan chiqarilgan 13448-sonli hujjat bilan yana ko`pchilikning aktivlari muzlatildi. Bundan tashqari, 1997-yilning may oyidan boshlab AQSh hukumati amerikaliklar va boshqa tashkilotlarga yangi sarmoya kiritishni taqiqlab qo'ydi. Bir qator AQSh kompaniyalari Myanma bozorini ishbilarmonlik muhiti yomonlashgani va inson huquqlari guruhlari, iste'molchilar va aksiyadorlar tomonidan tanqidlar kuchaygani sababli sanksiyalar joriy etilishidan oldin tark etgan edi. Qo'shma Shtatlar, shuningdek, jinoiy daromadlarning qonuniylashtirilishiga qarshi chora-tadbirlarning yetarli emasligi sababli Myanmaga qarshi choralar ko'rdi. Diniy erkinlikni ayniqsa jiddiy buzgani sababli, Qo'shma Shtatlar Myanmani Diniy erkinlik to'g'risidagi xalqaro qonunga muvofiq alohida tashvishli davlat (CPC) deb belgiladi. Myanma, shuningdek, Odam savdosi hisobotida majburiy mehnat uchun 3-darajali davlat sifatida qayd etilgan va buning natijasida qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lgan[4].
AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton 2011-yilning noyabr-dekabr oylarida Myanmaga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida 1955-yildan beri birinchi marta Davlat kotibi Hilari Klinton Myanma prezidenti Teyn Seyn bilan poytaxt Neypidoda uchrashdi, keyin esa Yangonda demokratiya faoli Aung San Suu Chi bilan uchrashdi. AQSh Myanmaga qarshi qonunlarni qisqartirishni va elchilar almashish imkoniyatini oshirishni ma'lum qiladi[5].
2012-yilning 19-noyabr kuni Myanma prezidenti Teyn Seyn Yangonda AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashadi.
2012-yil, 13-yanvarda AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton Birma siyosiy mahbuslariga amnistiya eʼlon qilingach AQSh Myanma bilan elchilarini almashishini ma'lum qiladi[4].
2012-yilning 17-may kuni Oq uy matbuot xizmati AQSh Demokratik partiyasi prezidenti Barak Obamaning Derek Mitchellni AQShning Myanmadagi elchisi etib tasdiqlanishi uchun AQSh Senatiga nomzodini ilgari surganini eʼlon qildi[6][7] .
Iyun oyi oxirida AQSh Senati tomonidan ma’qullanganidan so‘ng, 22 yil davomida AQShning Myanmadagi birinchi elchisi bo‘lgan Derek Mitchell 2012-yilning 11-iyulida poytaxt Neypyadavdagi Prezident saroyida prezident Teyn Seynga ishonch yorliqlarini topshirib, rasman o‘z lavozimiga kirishgan[8][9].