Nabira Esenboeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
1998-yil 9-dekabrda tugʻilgan (23 yosh) O'zbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Havaskor kurash |
Medallar | |
Ayollar erkin kurashi O'zbekiston vakili Osiyo chempionati 2018 Bishkek 59 kg 2019 Sian 62 kg O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati 2018 Trnava 62 kg |
Nabira Esenboeva (1998-yil 9-dekabrda tugʻilgan)[1] — Oʻzbekistonlik erkin kurash sport turi boʻyicha ayol sportchi. Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida 2018-yilda oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida 59 kilogramm vazn toifasida kumush medal sohibi boʻldi[2]. 2019-yilda Xitoyning Sian shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida 62 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi[3].
Nabira Esenboeva 2016-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish maqsadida Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahrida boʻlib oʻtgan birinchi Jahon Olimpiya saralash turnirida ishtirok etdi[4]. U oʻzining birinchi oʻyinidayoq magʻlubiyatga uchradi[4]. 2018 yili Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 57 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan[1]. Nabira Esenboeva ilk uchrashuvini indoneziyalik Mutiara Ayuningtiasga qarshi oʻtkazib, navbatdagi bahsda hindistonlik Pooja Dhandaga qarshi bahsda ishtirok eta olmadi[1]. 2018-yilda Slovakiyaning Trnava shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 62 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi[5].
2019-yili Qozogʻistonning Nursulton shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida 62 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan. U oʻzining ilk uchrashuvida amerikalik Kayla Miraklga qarshi kurash olib borgan[6]. 2021-yilda u Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish maqsadida Osiyo Olimpiya saralash turnirida ishtirok etdi[7]. U ushbu turnirda ishtirok eta olmagan, Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan Jahon olimpiya saralash turnirida ham Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi[8].
2022-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Yasar Dogu turnirida ishtirok etgan.
Yil | Turnir | Manzil | Natija | Tadbir |
---|---|---|---|---|
2018 | Osiyo chempionati | Bishkek, Qirgʻiziston | 2 | Erkin uslubda 59 kg |
2019 | Osiyo chempionati | Sian, Xitoy | 3 | Erkin uslubda 62 kg |