Narelle Autio

Narelle Autio
Haqiqiy ismiNarelle Autio
Tavalludi 1969 (yoshi 55–56)
Mukofotlari Walkley Awards (2000, 2002)
Oskar Barnack Award (2002)
World Press Photo award (2000, 2002)

Narelle Autio (1969-yilda tugʻilgan) — avstraliyalik fotograf[1]. Autio In-Public koʻcha fotosuratlari jamoasining aʼzosi va Oculi fotografiya agentligining asoschisi hisoblanadi. U fotograf Trent Parkga turmushga chiqqan va u bilan hamkorlikda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan.

Autio 2000-yilda eri Parke bilan hamkorlikda "Yettinchi toʻlqin" filmi uchun ishlangan fotosuratlar koʻrgazmasini oʻtkazdi. Bundan keyin 2002-yilda „Not of this Earth“ seriali uchun fotsuratlar ishladi. 2004-yilda oʻzining yakkaxon shousi "Akvarellar"dan boʻsh vaqtlarida avstraliyaliklar hayotini oʻrganishda davom etdi. U 2010-yilda sohilda tabiiy ravishda paydo boʻlgan va insoniyat tomonidan qoldirilgan narsalar haqidagi "Bizning yoz" hujjatli shousi orqali tanildi.

U jurnalistika sohasida ikki marta Walkley mukofoti va World Press Photo mukofoti, fotografiyada Oskar Barnak mukofotlarini qoʻlga kiritgan.

Autio Adelaida shahrida tugʻilib oʻsgan va Janubiy Avstraliya universitetining tasviriy sanʼat yoʻnalishini tamomlagan. U 1994-yilda Avstraliyani tark etishdan oldin Adelaida Advertiser kompaniyasida fotojurnalist sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. U AQSh va Yevropa boʻylab uzoq vaqt sayohat qilgan. Angliyada Buyuk Britaniyaning koʻplab milliy gazetalari va Avstraliyadagi News Limitedning London byurosida faoliyat yuritgan. 1998-yilda uyga qaytib 2003-yilgacha Sydney Morning Herald gazetasida fotojurnalist boʻlib ishlagan.

2001[2] va 2006-yillarda[3] Autio Avstraliya Art Collector jurnalining „Avstraliyaning 50 fotogrofi toʻplami“ roʻyxatiga kiritilgan.

Autio 2001-yilda In-Public koʻcha fotosuratlari jamoasiga qoʻshildi[4]. U mustaqil, kollektiv fotografiya agentligi Oculi asoschisi hisoblanadi.  Uning ishi Agence Vu tomonidan tarqatiladi[1] va u Janubiy Avstraliyaning Adelaida shahrida joylashgan.

Autioning ilmiy kitoblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Autio surat qoʻshgan nashrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • The Summation of Force — sakkiz serialli film. Rejissyorlar Autio, Parke va Metyu Beyt[5][6].
  • 2000: Walkley mukofotlari, Avstraliya.
  • 2001: Birinchi mukofot, Tabiat haqidagi hikoyalar nominatsiyasi, World Press Photo mukofoti 2000, Trent Parke bilan („Avstraliya yoʻllari“ seriyasi uchun)[7].
  • 2002: Walkley mukofotlari, „Raqs maktabi“ uchun kundalik hayot toifasi, Avstraliya[8].
  • 2002: Birinchi mukofot, Sanʼat va koʻngilochar dastur nominatsiyasi, World Press Photo Award (2001)[9].
  • 2002: Oskar Barnak mukofoti[10]Sohilda yashovchilar“ seriali uchun.

Koʻrgazmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2000-yil: The Seventh Wave(Trent Park bilan), Stills galereyasi, Sidney[11].
  • 2002: Not of this Earth, Sidney[12].
  • 2002: Dva Pivo Prosim (Two Beers Please) (Trent Parke bilan). Stills galereyasi, Sidney[13].
  • 2002-2004: Dream/Life and The Seventh Wave (Trent Park bilan). Canvas xalqaro sanʼat galereyasi, Amsterdam, 2002;[11] FotoFreo foto festivali, Gʻarbiy Avstraliya dengiz muzeyi, Fremantle, 2004[11]; Ariel Meyerowitz galereyasi, Nyu-York, 2004[11].
  • 2010:The Summer of Us. Hugo Mishel galereyasi, Adelaida[14].
  • 2012: Water HoleHugo Mishel galereyasi, Adelaida[15].
  • 2013: To the SeaTrent Park bilan), Hugo Mishel galereyasi, Adelaida[16].
  1. 1,0 1,1 „Narelle Autio“. Agence Vu. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  2. „Australia's 50 Most Collectable Artists“. Art Collector. 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-dekabr.
  3. „50 of Australia's Most Collectable Artists“. Art Collector. 2018-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-dekabr.
  4. „Narelle Autio“. In-Public. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
  5. Buckmaster. „If virtual reality is film's next big thing, how long will it take to get right?“. The Guardian (2017-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  6. „Trent Parke and Narelle Autio's The Summation of Force - The Adelaide Review“. The Adelaide Review (2017-yil 20-iyun). Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  7. „2000, Narelle Autio & Trent Parke, 1st prize, Nature stories“. World Press Photo. Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  8. „Herald cleans up in Walkleys, taking gold“. smh.com.au (2002-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 27-dekabr.
  9. „2001, Narelle Autio, 1st prize, Arts and Entertainment“. World Press Photo. Qaraldi: 2015-yil 20-yanvar.
  10. "Beach pictures: Itʼs just another prize-winning day out there", Sydney Morning Herald, 15 April 2002. Accessed 24 May 2014.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 „Narelle Autio“. Stills Gallery. 2013-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-dekabr.
  12. Narelle Autio — Not of this Earth, Stills Gallery. Accessed 30 January 2017
  13. Exhibition notices, Stills Gallery. Accessed 15 August
  14. „Narelle Autio – The Summer of Us“. Hugo Michell Gallery. 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
  15. „Narelle Autio – Water hole“. Hugo Michell Gallery. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-may.
  16. „Narelle Autio & Trent Parke – To the Sea“. Hugo Michell Gallery. 2022-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-may.