Neobuddizm

Neobuddizm (neo… – yangi va buddizm) – XX asrning 40-50-yillaridan boshlab keng tarqala boshlagan diniy-ideologik oqim boʻlib, Birma, Tailand, Laos, Vyetnam mahalliy ziyolilarining ozodlik va milliy uygʻonish harakati bilan bogʻliqdir. Uning asosida yangi zamon talabiga javob bera oladigan bunyodkor gʻoyalarni targʻib qilish, paygʻambar va avliyolarni yaratish, taqvodorlik va tarkidunyochilikni rad etish, „karma“ kabi masalalar yotadi. Aql-idrokning ahamiyatsizligi, dinning najotkorligi eʼtirof etilib, buddaviylik gʻoyalarini tushuntirishda bilish nazariyasi, psixoanaliz usullaridan foydalaniladi. Milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan neobuddizm oqimi diniy-islohotchilik harakati kuchayishiga katta taʼsir koʻrsatgan[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 307.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.