New State Mobile | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | PUBG Studios |
Nashir etuvchi | Krafton |
Chiqarilgan sana | 11-noyabr, 2021-yil |
Oʻyin byudjeti | 32,42 million dollar |
Prodyuser | Minkyu Park |
Geymdizayner | Unreal Engine 4[1] |
Bastakor |
Tom Salta Brian Tyler Shem von Schroeck Inon Zur |
Oʻyin seriyasi | PUBG Universe[2][3] |
Janr |
Birinchi shaxs otishma Uchinchi shaxs otishma Jangovar |
Platformalar | iOS, iPadOS, Android |
Yosh chegarasi | +13 yosh |
Oʻyin rejimlari | Multiplayer |
Versiya | 0.9.57.566 (18.12.2023) |
New State Mobile (ilgari PUBG: New State nomi bilan tanilgan) — bu Krafton tomonidan ishlab chiqilgan iOS va Android qurilmalari uchun Bluehole tomonidan nashr etilgan, mobil multiplayer onlayn jangovar videooʻyini. Oʻyin 2021-yil 11-noyabrda chiqarilgan[4][5]. Bu PUBG Universe'dagi ikkinchi oʻyin boʻlib, PUBG: Battlegrounds va PUBG Mobile'ning davomi sifatida joylashtirilgan.
Oʻyinda 100 nafar oʻyinchi oʻyinning asosiy xaritasi boʻlgan Troya deb nomlangan 8x8 olisdagi orolga samolyotdan sakrab tushadi. Orolga tushgan jangchilar kerakli narsalarni, qurollarni to'plagach, bir-birlari bilan jang qiladi. Omon qolish uchun kurashadi va oxirgi omon qolgan o'yinchi gʻolib boʻladi. Oʻyin 2051- yilda Shimoliy Amerika Qoʻshma Shtatlarida futuristik muhit, binolar, arxitektura va yodgorliklar bilan boʻlib oʻtadi[6].
Yangi xususiyatlar (PUBG: Mobile -ga tanish boʻlganlardan tashqari) quyidagilarni oʻz ichiga oladi: dronlar, ballistik qalqonlar, neon nishonlar, janglarda muvozanatni saqlash, oʻlgan jamoadoshlarni tiriltirish va oʻz otryadingizga urilgan dushmanlarni „yollash“[7]. Avtotransport vositalariga quyidagilar kiradi: futuristik avtomobillar, aravachalar, mototsikllar, qayiqlar va planerlar.
New State Mobile ikkilamchi 4v4 multiplayer rejimlarini oʻz ichiga oladi, masalan: 4 tagacha qurolga ega Team Deathmatch, Arena Deathmatch, Training Ground va original PUBG[8] dan 2051-yildan ilhomlangan holda qayta ishlangan Erangel xaritasi.
2021-yil fevral oyida PUBG Studios (Krafton kompaniyasining ichki boʻlimi) PUBG: New State kodli oʻyinni ishlab chiqishni eʼlon qildi, u asl PUBG va uning yaqin kelajakda (2051) boʻlib oʻtadigan mobil versiyasining davomi boʻlishi kerak edi.)[9].
2021-yil iyul oyida Krafton o‘yin birgina Google Play’da 20 million oldindan ro‘yxatdan o‘tganini xabar qildi[10].
28-avgust kuni dunyoning 28 davlatida alfa testi yakunlandi. U tugallangandan beri ishlab chiquvchilar ishtirokchi foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida yaxshilanishlar va tuzatishlar kiritdilar[11].
Sentyabr oyidayoq oʻyin Google Play va App Store doʻkonlarida birlashtirilgan 50 million oldindan roʻyxatdan oʻtishdan oshib, oldindan roʻyxatdan oʻtish rekordini yangiladi va dastlabki muvaffaqiyatni bashorat qildi[12].
2021-yil 11-noyabrda New State Mobile butun dunyo boʻylab iOS va Android tiximidagi qurulmalarga chiqarildi[13].
2022-yil 27-yanvarda oʻyin nomining PUBG: New Statedan New State Mobilega[14] oʻzgarishi eʼlon qilindi. Qayta nomlash keyinchalik barcha platformalarda amalga oshirildi. Chunki Pubg Mobile bilan nomi oʻxshash boʻlishi kerak edi[15].