Nicholas Buckland | |
---|---|
![]() Coomes va Buckland | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat |
![]() |
Tavalludi |
9-iyun 1989-yil Angliya |
Sherigi | Penny Coomes |
Oldingi sheriklari | Georgia Robinson |
Murabbiyi | Igor Shpilband |
Uchishni boshlagan | 1992 |
Yakunlagan | 2018 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 177.13 |
Qisqa raqs | 71.79 |
Erkin raqs | 105.34 |
Nicholas „Nick“ Buckland (talaffuzi: Nikolas „Nik“ Baklend; 1989-yil 9-iyunda tugʻilgan) — Buyuk Britaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq ingliz muz raqqosi. Sherigi Penny Coomes bilan birga 2014-yilda figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori va yana oltita xalqaro medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, juftlik besh karra Britaniyaning milliy chempioni (2012, 2013, 2014, 2016 va 2018) va 2010, 2014 hamda 2018-yillarda Qishki Olimpiya oʻyinlarida uch marta ishtirok etgan.
Buckland ikki yoshligida bobosi va buvisi uni Nottingem muz stadioniga olib kelganidan keyin konkida uchishni boshlagan.
Nicholas Buckland 2005-yilda Penny Coomes bilan juftlik hosil qilgan. Nicholas bilan Nottingemda joylashgan „National Ice Centre“ muz marzakida uchrashib qolgan edi. Coomes 2007—2008-yilgi mavsumda boʻlib oʻtgan Britaniya chempionatida ishtirok etayotib, boshqa konkida uchuvchi bilan toʻqnashib ketgan va oyogʻini sindirib olgan. Coomes oyogʻidan jarohat olganiga qaramay, Buckland bilan birga Oʻsmirlar oʻrtasidagi Milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan[1].
Coomes / Buckland juftligi 2008 Finlandia Trophy musobaqasida 9-oʻrindan joy olib, oʻzining katta xalqaro debyutini oʻtkazgan[2]. Juftlikning mavsumi Coomes muz ustida yiqilib, boshidan jarohat olganidan keyin yakunlangan. 2009—2010-yilgi mavsumda juftlik Avstriyaning Grats shahrida boʻlib oʻtgan Ice Challenge musobaqasida 9-oʻrinni, Ondrej Nepala xotirasiga bagʻishlangan 2009 Ondrej Nepela Memorial turnirida esa 4-oʻrinni egallagan. Juftlik Britaniya chempionatida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan, keyin esa 2009 Golden Spin of Zagreb (Zagrebning oltin konkisi) musobaqasida bronza medali sohibiga aylangan.
Coomes / Buckland juftligi Nottingemda joylashgan „National Ice Centre“ muz marzakida 2009-yilning dekabrigacha murabbiy Yevgeniy Platov bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun New Jerseyga koʻchib oʻtguniga qadar uning qoʻl ostida musobaqalarga tayyorgarlik koʻrgan. Sinead Kerr / John Kerr juftligi bilan bir qatorda Coomes / Buckland juftligi Vancouverda boʻlib oʻtadigan 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Buyuk Britaniya vakili sifatida ishtirok etishgan. Buckland 2010-yil 13-fevralda taxikardiya alomatlarini boshdan kechira boshlagan. Coomes va Buckland Olimpiadada ishtirok etib, 20-oʻrindan joy olga[3] n.
(Coomes bilan)
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2017 — 2018 |
|
|
2016 — 2017 |
| |
2015 — 2016 |
|
|
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Coomes bilan
Xalqaro | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 05–06 | 06 — 07 | 07 — 08 | 08 — 09 | 09 — 10 | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 | 15 — 16 | 16 — 17 | 17 — 18 |
Olimpiada | 20 | 10 | 11 | ||||||||||
Jahon chempionati | 16 | 14 | 13 | 9 | WD | 7 | WD | ||||||
Yevropa chempionati | 16 | 14 | 6 | 5 | 3 | WD | 6 | 7 | |||||
GP Cup of China | 4 | ||||||||||||
GP NHK Trophy | 8 | 6 | 5 | 5 | WD | 7 | |||||||
GP Rostelecom | 7 | 3 | |||||||||||
GP Skate America | 8 | ||||||||||||
Bavarian Open | 1 | 1 | |||||||||||
Cup of Nice | 3 | 1 | 1 | ||||||||||
Finlandia Trophy | 9 | ||||||||||||
Golden Spin | WD | 3 | 2 | ||||||||||
Ice Challenge | 9 | ||||||||||||
Nepela Memorial | 4 | 4 | 1 | ||||||||||
NRW Trophy | 1 | ||||||||||||
Toruń Cup | 1 | ||||||||||||
U. S. Classic | 5 | ||||||||||||
Universiada | 15 | ||||||||||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||||||||
JGP Germaniya | 13 | ||||||||||||
JGP Birlashgan Qirollik | 10 | ||||||||||||
Milliy | |||||||||||||
Britaniya chempionati | 5 J | 2 J | 1 J | 2 | WD | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | |||
J = Oʻsmirlar; WD = musobaqani tark etgan |