Nuseirat qutqaruv operatsiyasi (2024) | |
---|---|
Qismi: Isroil-Hamas urushi | |
Qutqarilgan odamlarning Sheba kasalxonasiga qoʻnishi | |
Joylashuv | |
Maqsad | Hamas tomonidan ushlab turilgan Isroillik garovga olinganlarni qutqarish |
Sana | 8-iyun 2024-yil |
Natija |
|
Qurbonlar |
|
Nuseirat qutqaruv operatsiyasi (shuningdek, „Arnon operatsiyasi“ nomi bilan ham tanilgan) 2024-yil 8-iyunda amalga oshirilgan. Arnon operatsiya Gʻazo sektoridagi Nuseirat qochqinlar lagerida Xamas tomonidan ushlab turilgan toʻrt nafar isroillikni qutqarish operatsiyasi edi. Soat 11:00 da Shabak va ID kuchlari Isroil mudofaa kuchlari lagerdagi ikkita binoga bostirib kirishadi va qurollangan shaxslar tomonidan oʻgʻirlab ketilgan Noa Argamani, Almog Meir Yan, Andrey Kozlov va Shlomi Zivni ozod qilishadi. Reim musiqa festivali davomida Isroil kuchlari va terrorchilar oʻrtasida shiddatli otishmalar boʻlib oʻtdi. Otishmalarda guruh qoʻmondoni Arnon Zmora (YAMAM boʻlinmasi) yaralangan, keyinchalik u olgan jarohatlaridan vafot etgan[4][5].
Xavfsizlik kuchlari tomonidan tanlangan operatsiya „Nuseirat qutqaruv operatsiyasi“ deb nomlangan. Biroq, uning qoʻmondoni, YAMAM ofitseri Arnon Zmora jarohatlardan vafot etganidan soʻng, operatsiyani uning sharafiga Arnon operatsiyasi deb nomlashga qaror qilingan[6].
2023-yil 7-oktabr kuni ertalab Xamas Isroilga kutilmagan hujum uyushtirdi. Isroilga minglab raketalarni otish niqobi ostida 2500 nafar terrorist Isroil aholi punktlari va harbiy inshootlariga quruqlik, dengiz va havo orqali kirib borishgan[7][8]. Terrorchilar Isroilning chegara hududlaridagi tinch aholiga hujum uyushtirishgan natijada, 1200 ga yaqin tinch aholi halok boʻlgan[9], 252 ga yaqin kishi garovga olingan[10][11].
Toʻrt nafari isroillik 7-oktabr kuni Reim musiqa festivali chogʻida Xamas tomonidan Gʻazo sektoriga oʻgʻirlab ketilgan. Oʻsha kuni ertalab Noa Argamanining terrorchilar tomonidan oʻgʻirlab ketilishi tasvirlangan lavhalar dunyoda katta rezonans yaratdi[12]. Xamas bilan urush paytida Argamanining paydo boʻlgan qoʻshimcha videolari chop etildi[13][14][15][16].
Operatsiya bir oy davomida rejalashtirilgan boʻlib, uning davomida operatsiyani amalga oshirish jarayonlari tayyorlangan va razvedka maʼlumotlari toʻplangan[17]. Shin Bet kuchlari binolarning xaritasini tuzishga muvaffaq boʻldilar[18]. Shu bilan birga Isroil Mudofaa Razvedka Agentligi bilan birgalikda harakatlarni mashq qilish uchun bir nechta modellar rejasi tuzilgan[19][20]. Operatsiya hukumat ruxsatini olgandan keyin amalga oshirilgan. Operatsiyaga bosh shtab boshligʻi Gerzi Ha-Levi va Shabaka rahbari Ronan Bar qoʻmondonlik qilgan.
Falastinlik askarlar qochqinlar lageriga begona yuk mashinalari kirganini xabar qilishgan[21]. Taxminan soat 11 larda operatsiyani boshlash uchun „harakat“ buyrugʻi berilgan[22]. Kuchlar bir vaqtning oʻzida bir-biridan 200 metr masofada joylashgan ikkita binoga bostirib kirishgan. Binolardan birida Noa Argamani, ehtimol, Abdulloh al-Jamol (Al-Jazira jurnalisti) va uning rafiqasi saqlangan[23][24][25]. Almog Meir Jan, Andrey Kozlov va Shlomi Ziv boshqa binoda asirlikda edilar. Ular Nuseirat qochqinlar lagerining bozor hududida, tirik qalqon boʻlib xizmat qilgan odamlar lagerida joylashgan edi. Qutqaruv operatsiyasi chalgʻitish yoʻli bilan amalga oshirilgan. Xamas radiosi Isroil askarlarning qochqinlar lagerining shimolidagi maktabni qurshab olgani haqida xabar bergan va Xamas „Isroil maxsus kuchlari Nuseirat bozorining markaziga bostirib kirgan“[26]. Terrorchilar kunduzi qutqaruv operatsiyasini kutishmagan. Shuning uchun, tez va butunlay kutilmaganda oʻgʻirlab ketilgan hududga yirik Isroil kuchlari yuborilgan[27].
Noa saqlanayotgan kvartiraga bostirib kirish shiddatli amalga oshirilgan va u bir necha daqiqada qutqarib olingan[21]. Qolgan uchta oʻgʻirlanganlar uchinchi qavatda edilar[21]. Operatsiyasi paytida otishma boʻlib oʻtdi, natijada qoʻmondon Arnon Zmora yarador boʻldi va u bir necha soatdan keyin olgan jarohatlaridan vafot etgan[28]. 11:15 da „Olmoslar bizning qoʻlimizda“ signali qabul qilingan[29]. Zmora jamoasi yuk mashinasining vites qutisidagi texnik nosozlik tufayli toʻxtab qolishgan[30] . Falastinlik terrorchilar ularga qarata oʻq uzishgan natijada, yuk mashinasining shinalari yorilib ketgan. ID jangarilari oʻgʻirlab ketilgan odamlarni yaqin atrofdagi binoga joylashtirishgan[31][22].
Soat 11:50 da soʻnggi Isroil kuchlari qirgʻoq chizigʻiga etib borishgan va oʻgʻirlanganlarni havo kuchlari vertolyotlariga topshirishga muvaffaq boʻlishgan[29][32]. Oʻgʻirlanganlar Isroilga xavfsiz yetib kelgan va tibbiy koʻrikdanoʻtkazish uchun Chaim Sheba tibbiyot markaziga yuborilgan [33]. Soat 13:33 da ID, Shabak va politsiya oʻgʻirlab ketilgan toʻrt nafar isroillikni ozod qilish uchun birgalikda ishlagani eʼlon qilishgan[33]. Kechqurun Noa Argamani Ixilov kasalxonasiga olib borildi va u yerda onasi bilan koʻrishgan[34][35].
Xamas bergan maʼlumotlarga koʻra, garovga olinganlarni ozod qilish operatsiyasi davomida 210 dan ortiq falastinlik halok boʻlgan, 400 dan ortiq kishi jarohatlangan[36].
Almog Meir Janning aytishicha, u 22-may kuni Hamas asirligida boʻlganida tugʻilgan kunini nishonlagan[37]. Almog butun asirligi davomida Shlomi va Andrey bilan birga boʻlgan[37].
Andrey Kozlovning aytishicha, u asirlikda boʻlganda kundalik yuritgan va har kuni daftarga bir satr yozgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, asirlikda boʻlganida u boshqa oʻgʻirlanganlar bilan suhbat qilish orqali ibroniy tilini oʻrgangan[38].
Oʻgʻirlanganlarning aytishicha, asirlikda boʻlganlarida ular Isroil teledasturlarini tomosha qilishgan[39][40]. Biroq, ular terrorchilar tomonidan Qurʼon oʻqishga va Islom hukmlarini oʻrganishga majburlaganlarida, ruhiy jihatdan tahqirlanganliklarini va miyalari yuvilganini taʼkidlaganlar[38].