Oʻzbekiston prezidentlik saylovi (2021)

← 2016 •  Oʻzbekiston • 2023 →
Oʻzbekiston prezidentlik saylovi
Oʻzbekiston prezidenti
2021-yil 24-oktyabr
Tip Prezidentlik
Davr 2021—2023

Saylov demografiyasi
Aholi soni 35 079 190
Ro‘yxatga olinganlarlar 20 158 907
Saylovchilar 16 212 343
Qatnashdi
  
80.4 %
Yaroqli ovozlar 5 749 460
Yaroqsiz ovozlar 69 505

Natijalar
Shavkat Mirziyoyev – OʻzLiDeP
  
80.12 %
Maqsuda Vorisova – XDP
Ovozlar 97 552  
  
6.63 %
Alisher Qodirov – MTDP
Ovozlar 587 411  
  
5.48 %
Narzullo Oblomurodov – OʻEP
Ovozlar 66 695  
  
4.14 %
Bahrom Abduhalimov – „Adolat“ SDP
Ovozlar 70 613  
  
3.39 %


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

saylov2021.uz
https://saylov.uz/oz/elections-and-referendums/page/11

Oʻzbekistonda 2021-yilgi prezidentlik sayloviOʻzbekistonda 2021-yil 24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovi. 2021-yil fevral oyida qabul qilingan qonunda prezidentlik saylovi oktabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi[1]. 2021-yil 16-iyun kuni Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik sayloviga tayyorlanish va uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab chiqdi. 2021-yil tasdiqlangan davlat budjetiga koʻra saylovning umumiy xarajatlari uchun cheklangan miqdor 300 mlrd soʻm etib belgilangan boʻlib, shundan 15 mlrd 486 mln soʻm umumpartiyaviy tadbirlar va nomzodlarning tashviqot ishlari uchun ajratilgandir. Shunda har bir nomzodga 3 mlrd 97 mln soʻmdan toʻgʻri kelgan[2].

2021-yil 23-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston respublikasi prezident saylovi kampaniyasiga rasman start berdi. Toshkent shahrida Markaziy saylov komissiyasining matbuot xizmati oʻz ishini boshladi. Shu kuni Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovi 2021-yilning 24-oktabrida boʻlib oʻtishini eʼlon qildi va prezident saylovi Oʻzbekistonda ilk bor Saylov kodeksi asosida oʻtkazilishini taʼkidladi[3]. 26-iyuldan boshlab siyosiy partiyalar saylov vaqtidagi vakolatli vakilini roʻyxatga olish uchun MSKga murojaat qilishni boshladilar[4]. 27-iyulda bu jarayon yakunlandi[5]. 29-iyulda MSK axborot xizmati saylovda siyosiy partiyalardan vakil sifatida qatnashuvchi shaxslarning roʻyxatini eʼlon qildi, unga koʻra:

2021-yil 23-iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyat hokimiyatida yigʻilish oʻtkazib, Qarshi tumanidagi 18 ta saylov uchastkasining holati tegishli talablarga javob bermagani uchun tuman hokimini intizomiy javobgarlikka tortgan[7].

  1. „Ўзбекистонда сайловлар октябрь ойида ўтказилиши белгиланди“. Bugun.uz. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-fevral.
  2. „Ўзбекистонда президентлик сайловига жами қанча маблағ ажратилиши маълум қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  3. „Ўзбекистон Президенти сайлов кампаниясига старт берилди“. Bugun.uz. 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
  4. „Ўзбекистонда партиялар сайловдаги ваколатли вакилини рўйхатга олишни сўраб, мурожаат қилишни бошлади“. Bugun.uz. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  5. „Ўзбекистонда партияларнинг сайловдаги ваколатли вакилини рўйхатга олишни сўраб мурожаат қилиш жараёни якунланди“. Bugun.uz. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  6. „Ўзбекистондаги бешта сиёсий партиянинг ваколатли вакили рўйхатга олинди“. Bugun.uz. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  7. „Зойир Мирзаев Қарши тумани ҳокимини жазолади“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.