Turi | neft-gaz kompaniyasi |
---|---|
Status | davlat kompaniyasi |
Qachon asos solingan | 1992 |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Boshqaruv raisi | Bahodir Siddiqov |
Budjeti | 3 milliard AQSh dollari (2014) |
Ishchilar soni | 121.000 |
Aʼzolari | boshqaruv hayʼati |
Vebsayti | ung.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus |
"Oʻzbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi 1992-yilda oʻz faoliyatini yagona neft-gaz kompaniyasi sifatida boshlagan. Oʻzbekistonliklar tomonidan eng koʻp beriladigan savol Oʻzbekneftgaz AJga qanday ishga kirish mumkin? Oʻzbekneftgaz AJga ishga kirish uchun talabgorlar kompaniya veb saytiga tashrif buyurgan holda rezyume topshirishi mumkin yoki bu yerdan qanday ishga topshirish haqida videoqoʻllanma bilan tanishishlari mumkin.
Neftni sanoatlashgan tarzda qazib olish ishlari Oʻzbekistonda 1885-yilda boshlangan. Neft Fargʻona vodiysida joylashgan Chimyon qishlogʻi yaqinidagi ikki burgʻ qudugʻidan qazib olinar edi[1]. 1900-yilda ushbu mintaqada jiddiy razvedka ishlari boshlandi va 1904-yilda 270 metrdan ortiq chuqurlikdan neft favvorasi otilib chiqdi. 1906-yilda Fargʻona viloyatida neft haydash zavodi qurilib, u davriy harakat qiluvchi bitta ikki kubali qurilmadan iborat edi. Neft konidan qazilma boylik ot-ulov transportida tashilar edi. Neftning sifati esa termometr va areometr yordamida aniqlanar edi. Qayta ishlash natijasida olinadigan asosiy mahsulotlar chiroq kerosini va isitish mazuti edi. 1915-1916-yillarda, Oʻrta Osiyoda ichki yonuv dvigateli yordamida harakatlanadigan avtomobillar paydo boʻlgandan keyingina benzin foydali mahsulotga aylandi. Mahsulot Afgʻoniston va Xitoyga temir yoʻl va ot-ulov transportida eksport qilinar edi. 1907-yilda zavodni aka-uka Nobellar sotib olishdi va uning bosqichma-bosqich rekonstruksiyasini boshlashdi. Oʻsha yilning oʻzida Chimion konidan zavodgacha tortilgan toʻrt dyuymli neft quvuridan foydalana boshlandi hamda rezervuar parki qurildi. 1940-yilga kelib zavod oʻz laboratoriyasiga ega boʻldi, texnologik jarayon sifat jihatidan yuksaldi, yillik ishlab chiqarish quvvati 176 ming tonnaga yetdi. 1972-yilda Qashqadaryo viloyatida jahondagi eng yirik qurilmalardan biri boʻlgan Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurildi, 1980-yilda esa Shoʻrtanda zavod ishga tushirildi. Birinchi gaz 1953-yil Qizilqum choʻlidagi Setalantepa konidan qazib olindi. 1962-yilda noyob Gazli koni ishga tushirilgandan keyin Buxoro — Ural va Oʻrta Osiyo — Markaz transkontinental gaz quvuryoʻllari oʻtkazildi.
3-may 1992-yil Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning „Oʻzbekneftgaz“ neft va gaz sanoati Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi farmoni imzolandi. 23-dekabr 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini „Oʻzbekneftgaz“ neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasiga aylantirish toʻgʻrida" Farmoni eʼlon qilindi. 11-dekabr 1998-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekneftgaz neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasini „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrida" gi Farmoni imzolandi. „Oʻzbekneftgaz“ MXK — bir butun birlashgan uch pogʻonali xolding kompaniya. Kompaniyani amaldagi boshqaruv tizimi „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446 son Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-iyuldagi PQ-906 son „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qaroriga muvofiq tasdiqlangan. Respublika sanoati barqaror, jadal va mos ravishda rivojlanishini, qayta oʻzgartirishlar strukturasini chuqurlashtirish, soha komplekslari va sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida uning asosiy sohalarini diversifikatsiyalashga hamda eksport salohiyati, samaradorligi, raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalar 2011-2015-yillarda respublika sanoatini rivojlantirishning muhim yoʻnalishlarida belgilab berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15-dekabr 2010-yildagi „2011-2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrida“gi PQ-1442 son Qarori qabul qilingan. Bugungi kunda „Oʻzbekneftgaz“ MXK neft-gaz sohasining barcha faoliyat yoʻnalishlarini taʼminlaydigan, 200 dan ortiq korxonalarni birlashtirgan, 120 mingdan ortiq kishi ishlaydigan, vertikal bir butun birlashgan, uch pogʻonali xolding kompaniyadir.
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6-iyul 2011-yildagi „ Toshkent shahrida I.M. Gubkin nomidagi neft va gaz Rossiya Davlat Universiteti filiali faoliyatini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida“ PQ-1569-son Qarori, ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri 29-iyul 2011-yil 06/1-488 son bilan tasdiqlagan Reja, Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Kabinetinig 14-oktabr 2011-yildagi 282-son „I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz Universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshida maxsus akademik litsey faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ qaroriga muvofiq 2012-yil neft-gaz sohasida yana bir oʻquv muassasa — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz Universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshida maxsus akademik litsey tashkil qilindi.