Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Oleg Aleksandrovich Shatskix | ||
Tavallud sanasi | 15-oktyabr 1974-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1992 | Paxtakor | 2 | (2) |
1992—1995 | Siyosiy boʻlim | 49 | (46) |
1995—1997 | Navbahor | 64 | (57) |
1998 | Doʻstlik | 3 | (3) |
1999—2001 | Samarqand-Dinamo | 2 | (1) |
2003 | Doʻstlik | 13 | (0) |
Total | 133 | (109) | |
Milliy terma jamoa | |||
1996—1997 | Oʻzbekiston | 11 | (9) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Oleg Aleksandrovich Shatskix (1974-yil 15-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, hujumchi[1]. U 1996-yildan 1997-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan, Kiyevning „Dinamo“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi – Maksim Shatskixning akasi.
Oleg Shatskix futbolchilik faoliyatini 1992-yili Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlagan. Asosiy tarkibda bor yoʻgʻi ikki oʻyin oʻtkazgan, shundan soʻng, u Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida ishtirok etuvchi Toshkent viloyatining „Politotdel“ klubiga transfer boʻlgan.
Jamoadagi debyut yilida u 25 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi toʻpuraridan biri boʻlgan va klubining oliy ligaga chiqishiga katta yordam yordam berdi. 1993-yilda Oleg Shatskix 17 ta goli bilan chempionat toʻpurari sovrini uchun bahsda ikkin oʻrin egallagan, 1994-yilda esa, raqib darvozasiga 19 ta gol urib, bu muvaffaqiyatni yana takrorladi.
1995-yili Namanganning „Navbahor“ jamoasi oʻtadi. Mavsum davomida yuqori natijalarni qayd etadi, yil yakunida 26 ta gol bilan Oʻzbekiston chempionatining toʻpurariga aylanadi. „Navbahor“ esa Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylanadi va chempionatning bronza medallarini qoʻlga kiritdi. 1996-yilda „Navbahor“ Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritadi, Oleg esa Jafar Irismetov bilan toʻpurarlar hisobni boʻlishishga muvaffaq boʻladi, natijada har ikkisining hisobiga 23 tadan gol yozib qoʻyiladi..
1997-yil oxirida Oleg Shatskix oʻyinda jiddiy jarohat oldi[2]. Shundan soʻng u hech qachon bu jarohat oqibatlaridan toʻliq qutula olmadi. 2003-yilda u professional futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.
Shatskix Oʻzbekiston terma jamoasi safida 11 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urgan[3]. 1996-yili Osiyo Kubogi oʻyinlarida toʻp surgan. 1997-yilda terma jamoa fasida oʻynab ketma-ket oltita oʻyinda sakkizta gol urgan. Bu yuqori koʻrsatkich boʻyicha u terma jamoa chempioni boʻldi[4].