Olga Bell | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
9-oktyabr 1983-yil |
Kasbi | qoʻshiqchi, bastakor, pianinochi |
Faoliyat yillari | 2007-yildan |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Veb-sayt | http://bellinspace.com/ |
Olga Bell (Balashova[1], 1983-yil 3-oktyabr Moskva, SSSR) – amerikalik musiqachi (pianinochi), bastakor va qoʻshiq muallifi. Dirty Projectors guruhining sobiq aʼzosi[2].
Moskvada tugʻilgan. Yetti yoshida onasi bilan birga Alyaskaning Ankorij shahriga koʻchib ketgan.
Alyaskada rus pianinochisi Svetlana Velichkodan pianino chalishni oʻrgangan[3]. 2005-yilda Nyu-Angliya Konservatoriyasini (Boston) tugatgach, Nyu-Yorkka koʻchib borib, ommabop (shu jumladan elektron) musiqada oʻzini sinay boshlagan. Shu bilan birga, besh yil davomida pianino darslari berish va teatrda joʻrnavozlik qilish orqali kun koʻrgan[4].
2007-yilda u tuzgan guruh Bell nomli mini-albomni chiqargan. 2011-yilda Gunnar Olsen va Jeyson Neyzeri bilan birgalikda Diamonite[5] nomli elektron-pop albomini yaratgan. Qisqa muddat Chairlift pop-rok guruhida ishtirok etgan, soʻngra Dirty Projectors guruhiga klavishchi va vokalchi sifatida qoʻshilgan[6]. Shuningdek, koʻp cholgʻuli musiqachi Tom Vek bilan hamkorlik qilgan (Nothankyou dueti).
2014-yilda Olga „Kray“ nomli etno-albomini chiqardi. Uning soʻzlariga koʻra, bu „aslida 12 kishilik ansambl uchun yaratilgan akademik asar (garchi ular orasida barabanchi, baschi va gitarachi ham bor)“ edi. Albomning har bir asari oʻsha paytda mavjud boʻlgan Rossiya Federatsiyasining hududlaridan biriga bagʻishlangan edi. Bir nechta kompozitsiyaning matni xalq ogʻzaki ijodi namunalari boʻlsa, boshqalari mualliflik asarlaridir (Olga ularni yaratishda unga onasi Marina koʻmaklashgani haqida aytadi)[7].
2016-yilda elektron musiqaga qaytib, uchinchi Tempo[8][9] studiyaviy albomini chiqardi.