Oskar Steen | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
9-mart 1998-yil Karlstad, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 5 ft 9 in (175 cm) | ||
Ogʻirligi | 199 lb (90 kg; 14 st 3 lb) | ||
Pozitsiyasi | markaziy hujumchi | ||
NHL Sobiq jamoalar |
Boston Bruins Färjestad BK Providence Bruins | ||
NHLga kirish drafti |
165-oʻrindagi tanlov, 2016 Boston Bruins | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2016—hozirgacha |
Oskar Steen (talaffuzi: Oskar Stin) (1998-yil 9-martda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional xokkeychi. Hozirda Oskar Steen Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Providence Bruins“ xokkey klubi bilan Milliy xokkey ligasining (NHL) „Boston Bruins“ xokkey klubi aʼzosi sifatida oʻynamoqda. Oskar Steen 2016-yilgi NHL kirish loyihasining oltinchi raundida, umumiy 165-oʻrindagi tanlov asosida „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga qabul qilingan edi. Oskar Steen xokkeychilik faoliyati davomida ilgari Shvetsiya xokkey ligasi (SHL) vakili „Färjestad BK“ xokkey klubi jamoasida oʻynagan.
Oskar Steen Shvetsiya Xokkey Ligasidagi debyut oʻyinini SHLning 2015—2016-yilgi mavsumida „Färjestad BK“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Oskar Steen „Bruins“ xokkey klubi tomonidan 2016-yilgi NHL kirish loyihasining oltinchi raundida (umumiy 165-oʻrindagi tanlov) tanlangan[1]. 2019-yil 3-may kuni „Bruins“ xokkey klubi Oskar Steen bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[2].
2020-yil 10-sentyabrda Oskar Steen 2020—2021-yilgi mavsum uchun „IF Björklöven“ xokkey klubiga ijara berildi[3]
2021-yil 24-oktabrda Oskar Steen „San Jose Sharks“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda (4:3) Jake DeBruskning goliga assistentlik qilib, NHLdagi ilk ochkosini qayd etdi. 2022-yil 4-yanvarda Oskar Steen oʻzining NHLdagi birinchi golini „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda (5:3) kiritdi[4].
Steen Shvetsiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasidagi har bir oʻsmirlar darajasida xalqaro oʻyinlarda medal qoʻlga kiritdi. Oskar Steen birinchi boʻlib Shvetsiya termasining 2015-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon Xokkey Challenge musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritishga yordam berdi.
Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Ishtirok | Gol | Assist | Ochko | Penalti | Ishtirok | Gol | Assist | ochko | Penalti | ||
2014—2015 | Färjestad BK | J20 | 36 | 7 | 6 | 13 | 16 | 6 | 2 | 2 | 4 | 4 | ||
2015—2016 | Färjestad BK | J20 | 33 | 8 | 24 | 32 | 37 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Färjestad BK | SHL | 17 | 0 | 6 | 6 | 4 | 5 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2016—2017 | Färjestad BK | J20 | 8 | 5 | 6 | 11 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Färjestad BK | SHL | 47 | 1 | 2 | 3 | 8 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2016—2017 | Modo Hockey | Allsv | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Forshaga IF | Div.1 | 1 | 1 | 1 | 2 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Färjestad BK | SHL | 45 | 4 | 2 | 6 | 16 | 5 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2018—2019 | Färjestad BK | SHL | 46 | 17 | 20 | 37 | 49 | 14 | 2 | 5 | 7 | 8 | ||
2019—2020 | Providence Bruins | AHL | 60 | 7 | 16 | 23 | 48 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | IF Björklöven | Allsv | 16 | 12 | 3 | 15 | 10 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Providence Bruins | AHL | 23 | 5 | 6 | 11 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Boston Bruins | NHL | 3 | 0 | 0 | 0 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Providence Bruins | AHL | 49 | 15 | 20 | 35 | 26 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2021—2022 | Boston Bruins | NHL | 20 | 2 | 4 | 6 | 6 | — | — | — | — | — | ||
SHL (jami) | 155 | 22 | 30 | 52 | 75 | 31 | 2 | 5 | 7 | 12 | ||||
NHL (jami) | 23 | 2 | 4 | 6 | 8 | — | — | — | — | — |
Yil | Jamoa | Tadbir | Natija | Ishtirok | Gol | Assist | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2014-yil | Shvetsiya | U17 | 6 | 1 | 0 | 1 | 4 | ||
2015-yil | Shvetsiya | IH18 | 5 | 0 | 0 | 0 | 4 | ||
2016-yil | Shvetsiya | U18 | 7 | 2 | 1 | 3 | 6 | ||
2018-yil | Shvetsiya | WJC | 7 | 2 | 2 | 4 | 12 | ||
Oʻsmirlar (jami) | 25 | 5 | 3 | 8 | 26 |