Ovoza

Ovoza, ovoz — Oʻn ikki maqom tizimidagi pardalar tuzilmasi. O.lar 6 ta boʻlib, Navroʻz, Salmak, Gardoniya, Guvasht, Moya va Shahnoz deb nomlangan. O.larning koʻplari maqomlar bosh pardasiga nisbatan kvarta, kvinta baland pardalardan boshlanib, musiqa asarlarida ogʻishma natijasida yuzaga keladigan yangi lad-tonalliklar oʻrnini egallagan. O.lar Shashmakrmning shakllanishiga ham taʼsir koʻrsatgan va ularning baʼzilari, keyinchalik ma-qom shoʻʼbalari tarkibiga kiritilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil