Ozodlik Xartiyalari (ing.Charters of Freedom) Amerika Qoʻshma Shtatlari tarixining eng muhim 3 hujjatlar toʻplamini hisoblanadi. Ushbu hujjatlar AQShning asosiy siyosiy huquqlari va erkinliklarini belgilaydi va ularga AQSH Mustaqillik Deklaratsiyasi, Konstitutsiyasi va Huquqlar toʻg'risidagi billini oʻz ichiga oladi.[2]
Inqilobiy urushdan bir necha yil oʻtgach, Jeyms Medison, Aleksandr Hamilton va Jorj Vashington oʻzlarining yosh mamlakatlari ehtimoliy inqiroz yoqasida ekanidan havotirlanishdi. AQSHning birinchi konstitutsiyasi boʻlgan Konfederatsiya Nizomi Konfederatsiya Kongressiga qoidalar ishlab chiqish va shtatlardan mablagʻ soʻrash vakolatini bergan, ammo bu nizomning ijro etish, savdoni tartibga solish, yoki pul chop etish kabi harakatlarni tartibga solish kuchi yoʻq edi. Ayniq vaqtda, shtatlar oʻrtasidagi hududiy nizolar, soliqlar va savdo boʻyicha nizolar bu mamlakatni parchalab tashlash xavfini keltirib chiqargan edi. Natijada, Aleksandr Hamilton Kongressni Konfederatsiya Nizomlarini qayta koʻrib chiqish uchun shtat delegatlarining katta anjumanini tashkil etishda jonbozlik koʻrsatdi va va bu orqali Ozodlik Xartiyalariga poydevor qoʻydi.
Mazmuni: Amerika koloniyalarining Buyuk Britaniyadan mustaqilligini e'lon qiladi. U barcha insonlarning teng huquqlari, hayot, erkinlik va baxtga intilish huquqlari borligini ta'kidlaydi.
Tarixiy ahamiyati: Bu hujjat Amerika Qo'shma Shtatlarining mustaqillik harakatining boshlanishini belgilab beradi va yangi davlatning asosiy tamoyillarini e'lon qiladi.
AQSh Konstitutsiyasi[4](Constitution of the United States)
Qabul qilingan sana: 1787-yil 17-sentyabr
Ratifikatsiya qilingan sana: 1788-yil
Mualliflar: "Founding Fathers" deb ataladigan guruh, jumladan, Jeyms Medison, Aleksandr Hamilton va Benjamin Franklin
Mazmuni: Amerika Qo'shma Shtatlari hukumat tuzilmasini belgilaydi va federal hukumatning vakolatlarini aniqlaydi. Uchta asosiy bo'limi bor: Qonunchilik (Kongress), Ijroiya (Prezident) va Sud (Oliy sud).
Tarixiy ahamiyati: Bu dunyodagi eng qadimiy yozma konstitutsiyalardan biri bo'lib, demokratiya va huquqiy davlat tamoyillariga asoslanadi.
Mazmuni: Konstitutsiyaga qo'shilgan birinchi 10 ta tuzatish bo'lib, Amerika fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlaydi. Bunga so'z erkinligi, diniy erkinlik, qurol ko'tarish huquqi, adolatli sud jarayoni va boshqalar kiradi.
Tarixiy ahamiyati: Bu tuzatishlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta'minlaydi va hukumatning vakolatlarini cheklaydi.
Ushbu hujjatlar hozirda AQShning Vashington(D.C.) shahridagi Milliy Arxivida joylashgan boʻlib, u yerda omma uchun namoyish etiladi.[6] Ushbu hujjatlar juda qadimiy va qimmatli hisoblanganligi sabab Arxiv binosida maxsus sharoitlarda saqlanadi.