Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Oʻtkir Davlatbekovich Yusupov | ||
Tavallud sanasi | 4-yanvar 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Sayram Qozogʻiston SSR[1] | ||
Boʻyi | 1.85 cm (1⁄2 in) [2] | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2009—2010 | Paxtakor | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2013 | Mashʼal | 4 | (0) |
2014—2015 | Nasaf | 18 | (0) |
2016—2017 | Neftchi | 38 | (0) |
2018—2019 | Qoʻqon 1912 | 32 | (0) |
2019— | Navbahor | 121 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2018— | Oʻzbekiston | 18 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Oʻtkir Yusupov (oʻzbek: Oʻtkir Yusupov, rus: Utkir Yusupov; 1991-yil 4-yanvarda tugʻilgan[3]) — oʻzbekistonlik futbolchi, Namanganning „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni. U uygʻur millatidan[4].
U kattalar futbolidagi debyutini 2012-yilda „Mashʼal“ klubi safida oʻtkazgan va u yerda ikki mavsum oʻtkazib, 4 ta chempionat oʻyinida qatnashgan[5][6].
„Nasaf“ klubi murabbiylar shtabining eʼtiboriga ega boʻlib, u 2014-yilda jamoaga kelib qoʻshildi. Futbolchilik faoliyatining keyingi ikki mavsumini Qarshi shahri jamoasida oʻtkazdi[7][8].
2016-yilda u „Neftchi“ (Fargʻona) klubi bilan shartnoma imzoladi va futbolchilik faoliyatining keyingi ikki yilini shu yerda oʻtkazdi[9][10][11].
U „Qoʻqon 1912“ safiga 2018-yilda kelib qoʻshilgan[12][13]. Bir mavsum davomida u yerda 32 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2019-yilning 24-yanvar kuni u Namanganning „Navbahor“ jamoasining yangi futbolchisiga aylandi[14][15].
2018-yilning 16-oktabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Qatar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut uchrashuvini oʻtkazdi[16][17].
Yusupov Oʻzbekiston terma jamoasining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritildi[18][19].
Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Isht | Gol |
2018 | 1 | 0 |
2019 | 0 | 0 |
2020 | 0 | 0 |
2021 | 1 | 0 |
2022 | 9 | 0 |
2023 | 10 | 0 |
2024 | 6 | 0 |
Total | 27 | 0 |
2023-yil 11-oktyabr holatiga koʻra[20]