Oʻzbekiston Konstitutsiyaviy referendumi (2002)

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov

Oʻzbekiston tarixidagi birinchi va hozirgacha oxirgi konstitutsiyaviy referendum 2002-yil 27-yanvarda boʻlib oʻtdi. Bu, umuman olganda, uchinchi (1991 va 1995-yillardagi referendumlar bilan bir qatorda) va hozirgacha mustaqil Oʻzbekiston tarixidagi soʻnggi umumxalq referendumidir.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. 1990-yillarda bir palatali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Konstitutsiyaga kichik oʻzgartirish va tuzatishlar kiritildi, bu esa umumxalq referendumini oʻtkazishni talab qilmadi. 2001-yilda Prezident Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali tizimini joriy etish zarurligi haqidagi gapi oʻsha paytdagi 250 deputatdan iborat bir palatali Oliy Majlis deputatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Oʻzbekistonda oxirgi parlament saylovlari 1999-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan. Ikki palatali parlament masalasini hal qilish bilan bir vaqtda amaldagi Prezident Islom Karimovning prezidentlik muddatini shaxsan besh yildan yetti yilgacha oshirishga qaror qilindi, bu esa amaldagi prezident Islom Karimovga keyingi prezidentlik saylovini oʻtkazmasdan, 2007-yilgacha hokimiyatda boʻlish imkonini berdi. 2005-yilgi saylovlar muddati uzaytirilmasa, uning vakolatlari 2005-yil boshida tugashi kerak edi. Shunday qilib, referendumda ikkita savol qoʻyildi: ikki palatali parlamentni joriy etish, shuningdek, Prezident Islom Karimovning vakolatlarini shaxsan besh yildan yetti yilga uzaytirish toʻgʻrisida.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, referendumda aholining 91,58 foizi ishtirok etgan va har ikki masala ham saylovchilarning mutlaq koʻpchiligi tomonidan maʼqullangan.

Ikki palatali parlament joriy etish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tanlov Ovozlar %
Yoqlab 11,344,242 93.65
Qarshi 768,828 6.35
Yaroqsiz ovozlar -
Jami 12,113,070 100
Roʻyxatdan oʻtgan saylovchilar 13,266,602
Manbalar[1][2]

Prezident Islom Karimovning vakolatlarini shaxsan besh yildan yetti yilga uzaytirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tanlov Ovozlar %
Yoqlab 11 117 841 91.78
Qarshi 995, 229 8.22
Yaroqsiz ovozlar -
Jami 12 113 070 100
Roʻyxatdan oʻtgan saylovchilar 13,266,602
Manbalar[1][2]
  1. 1,0 1,1 „Direct Democracy“. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
  2. 2,0 2,1 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumi yakunlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Axborotnomasi nashri). 2002. bet. 73..