Oʻzbekiston Kriket Federatsiyasi (UKF) Oʻzbekistondagi kriket boʻyicha boshqaruv organi hisoblanadi[1]. Oʻzbekiston Kriket Federatsiyasi 2019-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Oʻzbekiston Kriket federatsiyasining asoschisi Aziz Gʻaybullaevich Mixlievdir. U hozirda Oʻzbekiston Kriket Federatsiyasi prezidenti lavozimini egallab kelmoqda. Kriket federatsiyasining tashkil etilishi Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda kriketga asos solingan ikkinchi davlat ekanligini koʻrsatadi. Oʻzbekistonda kriket jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda va sportchilar soni ortib bormoqda.
2020-yilning 1,2,3-noyabr kunlari mahalliy kriket jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan „ANFA-Tashkent T20“ turniri Oʻzbekistondagi kriket sportida tarixiy voqea boʻldi. Musobaqa Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Kriket federatsiyasi vakillari bilan birgalikda oʻtkazilgan. Bu haqda bir qancha ommaviy axborot vositalari ham xabar tarqatdi. Oʻzbekiston Kriket Federatsiyasi 2020-yilda Rossiya Kriket Federatsiyasi bilan memorandum imzolagan.
2021-yil mart oyida Oʻzbekiston avgust oyida oʻtkaziladigan T 20 kriket ligasi boshlanishini eʼlon qildi[2].
CFU prezidenti :
Bosh kotib :
Hozirgi bosh murabbiylar :
Marketing menejeri :
<ref>
tag; name "Board" defined multiple times with different content