← 2016 • Oʻzbekiston • 2023 → | |||||||||||
Oʻzbekiston prezidentlik saylovi Oʻzbekiston prezidenti | |||||||||||
2021-yil 24-oktyabr | |||||||||||
Tip | Prezidentlik | ||||||||||
Davr | 2021—2023 | ||||||||||
Saylov demografiyasi | |||||||||||
Aholi soni | 35 079 190 | ||||||||||
Ro‘yxatga olinganlarlar | 20 158 907 | ||||||||||
Saylovchilar | 16 212 343 | ||||||||||
Qatnashdi | |||||||||||
80.4 % | |||||||||||
Yaroqli ovozlar | 5 749 460 | ||||||||||
Yaroqsiz ovozlar | 69 505 | ||||||||||
Natijalar | |||||||||||
Shavkat Mirziyoyev – OʻzLiDeP | |||||||||||
80.12 % | |||||||||||
Maqsuda Vorisova – XDP | |||||||||||
Ovozlar | 97 552 | ||||||||||
6.63 % | |||||||||||
Alisher Qodirov – MTDP | |||||||||||
Ovozlar | 587 411 | ||||||||||
5.48 % | |||||||||||
Narzullo Oblomurodov – OʻEP | |||||||||||
Ovozlar | 66 695 | ||||||||||
4.14 % | |||||||||||
Bahrom Abduhalimov – „Adolat“ SDP | |||||||||||
Ovozlar | 70 613 | ||||||||||
3.39 % | |||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti | |||||||||||
saylov2021.uz https://saylov.uz/oz/elections-and-referendums/page/11 |
Oʻzbekistonda 2021-yilgi prezidentlik saylovi – Oʻzbekistonda 2021-yil 24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovi. 2021-yil fevral oyida qabul qilingan qonunda prezidentlik saylovi oktabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi[1]. 2021-yil 16-iyun kuni Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik sayloviga tayyorlanish va uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab chiqdi. 2021-yil tasdiqlangan davlat budjetiga koʻra saylovning umumiy xarajatlari uchun cheklangan miqdor 300 mlrd soʻm etib belgilangan boʻlib, shundan 15 mlrd 486 mln soʻm umumpartiyaviy tadbirlar va nomzodlarning tashviqot ishlari uchun ajratilgandir. Shunda har bir nomzodga 3 mlrd 97 mln soʻmdan toʻgʻri kelgan[2].
2021-yil 23-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston respublikasi prezident saylovi kampaniyasiga rasman start berdi. Toshkent shahrida Markaziy saylov komissiyasining matbuot xizmati oʻz ishini boshladi. Shu kuni Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovi 2021-yilning 24-oktabrida boʻlib oʻtishini eʼlon qildi va prezident saylovi Oʻzbekistonda ilk bor Saylov kodeksi asosida oʻtkazilishini taʼkidladi[3]. 26-iyuldan boshlab siyosiy partiyalar saylov vaqtidagi vakolatli vakilini roʻyxatga olish uchun MSKga murojaat qilishni boshladilar[4]. 27-iyulda bu jarayon yakunlandi[5]. 29-iyulda MSK axborot xizmati saylovda siyosiy partiyalardan vakil sifatida qatnashuvchi shaxslarning roʻyxatini eʼlon qildi, unga koʻra:
2021-yil 23-iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyat hokimiyatida yigʻilish oʻtkazib, Qarshi tumanidagi 18 ta saylov uchastkasining holati tegishli talablarga javob bermagani uchun tuman hokimini intizomiy javobgarlikka tortgan[7].