Oʻzbekistonda inson huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18–46-moddalarida mustahkamlangan.
Human Rights Watch xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti 2014-yilda eʼlon qilgan hisobotida Oʻzbekistondagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyatni „abgor“ deb atagan[1]. Tashkilot hisobotida yozilishicha, Oʻzbekiston BMT inson huquqlari mexanizmlari bilan eng oz hamkorlik qiladigan davlatlardan biri boʻlib, 2000-yillar davomida BMTning inson huquqlari boʻyicha 11 ekspertining hech birini mamlakatga kiritilmagan, berilgan barcha tavsiyalar esa rad etilgan[2].
AQSh davlat departamenti 2006–2017-yillarda eʼlon qilgan hisobotlarining barchasida din yoki eʼtiqod erkinligining buzilishlari ortidan Oʻzbekistonni alohida xavotir uygʻotuvchi davlat deb taʼriflagan[3]. 2018-yilda eʼlon qilgan hisobotida esa mamlakatni birinchi marta alohida xavotir uygʻotuvchi davlat emas deb tasvirlagan[4].
![]() |